TOShKENTDAGI BOZORLARGA O`RNATILGAN BANKOMATLAR PLASTIKDAGI PULNI NAQDLAShTIRIB BERA BOShLADI
- Категории: Yangiliklar
- Название: TOShKENTDAGI BOZORLARGA O`RNATILGAN BANKOMATLAR PLASTIKDAGI PULNI NAQDLAShTIRIB BERA BOShLADI
- Дата релиза: 14-08-17, 16:32
TOShKENTDAGI BOZORLARGA O`RNATILGAN BANKOMATLAR PLASTIKDAGI PULNI NAQDLAShTIRIB BERA BOShLADI
Bugun, 14 avgustdan boshlab Toshkent shahrining Oloy, Yunusobod va Quyliq bozorlarida pulni naqdlashtirib beradigan bankomatlar ishlay boshladi.
Har bir bozorda bittadan bankomat o`rnatilgan.Soat 9:00 da «Xalq banki» xodimi Oloy bozoridagi bankomatni «ishga tushirdi». Bankomat uchun maxsus konteynerlarda pullar keltirildi. Bank xodimi qurilmani dasturlaganidan so`ng, ilk foydalanuvchi bankomat orqali pullarini naqdlashtirib olishga muvaffaq bo`ldi, deb xabar beradi "Uz24.uz".Jarayon 1,5–2 daqiqa davom etadi.
Har bir kartadan komissiyasiz 100 ming so`mgacha pulni echib olish mumkin. Mablag` 1 000 so`m, 5 000 so`m, 10 000 so`mgacha bo`lgan kupyuralarda beriladi.
Bankomat istalgan bankka tegishli, Uzcard tizimiga ulangan plastik kartani qabul qiladi.
«Bankomat soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Bir kun davomida o`rtacha 200–300 kishi pullarini naqdlashtirib olishi mumkin bo`ladi», — deydi Milliy bankning Yunusobod filiali plastik kartalar bo`limi xodimi G`ayratjon Xudoyarov.
Bir kishi bir nechta kartalardan 100 ming so`mgacha bo`lgan mablag`ni naqdlashtirish imkoniga ega, — qo`shimcha qildi u.
«Xalq banki» shuningdek, bankomatlarni aholi gavjum joylarda ham o`rnatishni rejalashtirmoqda, ular 24 soat davomida ishlaydi.
Manba: Darakchi.uz