Главная » Yangiliklar » Transport vositalarini ijaraga berish tartibi belgilandi
Transport vositalarini ijaraga berish tartibi belgilandi

Transport vositalarini ijaraga berish tartibi belgilandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Transport vositalarini ijaraga berish tartibi belgilandi
  • Дата релиза: 18-12-18, 00:05
Transport vositalarini ijaraga berish tartibi belgilandi
Hukumat 2018 yil 14 dekabrdagi qarori bilan engil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Mazkur Nizomga ko`ra, engil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq bo`lmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX organlaridan ro`yxatdan o`tkazish talab etilmaydi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasida taraflar, ya`ni ijaraga beruvchi yuridik shaxs, ijaraga oluvchi (ijarachi) esa jismoniy shaxs bo`ladi.

Shartnoma tuzish uchun ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

• pasport;

• haydovchilik guvohnomasi;

• tibbiy ko`rikdan o`tganlik haqida ma`lumotnoma;

• garov depoziti kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Qisqa muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan so`ng transport vositasi ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va qabul qilish dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: