Главная » Yangiliklar » Turkiyada ayollar kulgusining “taqiqlanishi” xalqni g‘azablantirdi
Turkiyada ayollar kulgusining “taqiqlanishi” xalqni g‘azablantirdi

Turkiyada ayollar kulgusining “taqiqlanishi” xalqni g‘azablantirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Turkiyada ayollar kulgusining “taqiqlanishi” xalqni g‘azablantirdi
  • Дата релиза: 01-08-14, 23:25
Turkiyada ayollar kulgusining “taqiqlanishi” xalqni g‘azablantirdi
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Byulent Arinch ayollarni kamtar va jiddiy bo‘lishga, “jamoatchilik oldida kulmaslik”ka chaqirdi. Mazkur da’vat mamlakat siyosatchilari, jamoat arboblari va internet foydalanuvchilarining keskin tandqidiga duchor bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Ramazon oyi yakuniga bag‘ishlangan marosimlardan birida so‘zlagan nutqida ayollarning “odob-axloq doirasida jiddiy” bo‘lishlari, jamoat joylarida “kulmasliklari” lozimligini ta’kidlagan.

Bu chaqiruv esa internet foydalanuvchilaridan tortib siyosatchilargacha — barchaning tanqidiga uchradi.

Turkiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan Akmaliddin Ehson o‘g‘li o‘zining tvitterida “Bizning mamlakat aynan ayollarning kulgusiga muhtojdir”, — degan xabarni joyladi.

Muxolifatchi Xalq respublikasi partiyasi bosh kotibi Gyursel Tekin esa Bodrumdagi marosimlardan birida hukumatning hissiyotlarni izhor qilishga ham aralashayotganidan, “Iroq va Levant davlati” tomonidan qo‘lga olingan diplomatlarning onalari yig‘layotgan, Suriya va Iroqda o‘nlab, yuzlab ayollar o‘z joniga qasd qilayotgan vaqtida turk ayollarining qayerda kulishlari hukumat tomonidan belgilab berilayotganidan g‘azablanganini bildirdi.

Tunjeli shahri ayollari ittifoqi Ayfer Ber boshchiligida bosh vazir o‘rinbosari Arinchning da’vatiga qarshi aksiya o‘tkazib, o‘z e’tirozini bildirdi. 40 ga yaqin ayol “O‘zing kulib ko‘r-chi?” degan so‘zlar yozilgan plakatlarni ko‘rsatib, namoyishkorona kulishdi. Aksiyada ayollardan tashqari, erkaklar ham ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada o‘tgan yili yozda ham hukumat siyosatiga qarshi namoyish o‘tkazilib, u 1,5 oy davom etgan edi. Unda ishtirokchilar tomonidan hukumatning odamlar shaxsiy hayotiga aralashib, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dam olish, oilaviy hayot singari barcha sohalarni chegaralab qo‘ygani yuzasidan e’tiroz bildirilgan edi.
Логин:
Пароль: