Ukrainada dunyodagi eng novcha kishi vafot etdi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Ukrainada dunyodagi eng novcha kishi vafot etdi
- Дата релиза: 27-08-14, 00:24
Dunyodagi eng baland bo‘yli odam — Leonid Stadnik 24-avgust kuni Ukrainaning Jitomir viloyatida vafot etdi, deya xabar berdi UNIAN. Bo‘yi 2 metr 57 santimetrga teng bo‘lgan 44 yoshli Stadnik miyaga qon quyilishidan o‘lgan.
Rekordchi jamoa xo‘jaligida veterinar bo‘lib ishlagan, oilali bo‘lmagan. Stadnik 12 yoshidan boshlab bosh miya gipofizining gormon ishlab chiqaruvchi zararsiz o‘simtasidan azob chekkan, aynan u akromegaliya — gigant bo‘y sababchisi bo‘lgan. Leonid Stadnik bir nechta neyrojarrohlik amaliyotlarini boshidan o‘tkazgan, shuningdek sovuq urgan tovoni tufayli birinchi guruh nogironi bo‘lgan.
Stadnik 70-o‘lchamdagi kiyim-kechak va 62-o‘lchamdagi poyabzal kiygan, ularning barchasi buyurtma bilan tikilgan. Hamqishloqlari devqomat Leonidning mehribon va ko‘ngilchan kishi bo‘lganini aytib berishdi.
Stadnik 2008-yilda Ginnesning Rekordlar kitobi xodimlari tomonidan kiritilgan o‘lchovlardan o‘tish taklifini rad etgan, shu tufayli u rasmiy rekordchi hisoblanmagan. Rasman ayni paytdagi eng baland bo‘yli odam turkiyalik Sulton Kesen deb tan olingan. Biroq aslida Stadnik undan olti santimetrga uzunroq bo‘lgan.