Главная » Futbol yangiliklari » Ummon terma jamoasi Toshkentga etib keldi
Ummon terma jamoasi Toshkentga etib keldi

Ummon terma jamoasi Toshkentga etib keldi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Ummon terma jamoasi Toshkentga etib keldi
  • Дата релиза: 26-05-14, 16:47
Ummon terma jamoasi Toshkentga etib keldi
Ummon milliy terma jamoasi delegatsiyasi O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish uchun 25 may, yakshanba kuni Toshkentga etib keldi. Jamoa Toshkentdagi «Miran» mehmonxonasiga joylashdi.

Ummon terma jamoasi delegatsiyasi 35 kishidan iborat bo'lib, uning 23 nafarini futbolchilar tashkil qiladi. Qolgan 12 kishi esa frantsiyalik mutaxassis Pol Le Guen qo'l rahbarligidagi jamoa murabbiylar shtabini tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, 27 va 29 may kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasi Ummon termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Birinchi o'yin Olmaliq shahridagi yangi qurib bitkazilgan OKMK sport majmuasi stadionida o'tkazilsa, ikkinchi o'yin Toshkentdagi «Jar» stadionida bo'lib o'tadi. Har ikkala o'yin 19:00da boshlanadi.

Quyida Ummon milliy terma jamoasining Toshkentga kelgan o'yinchilari ro'yxati keltirilgan:

Darvozabonlar: Ali al-Habsiy (Uigan, Angliya), Fayz al-Rushaidiy (Al-Suvaik, Ummon), Mazin al-Kasbiy (Fanja, Ummon);

Himoyachilar: Jobir al-Ovaysiy (Al-Shabab, Ummon), Ali Salim Nahar (Dxofar, Ummon), Abdulsalom Amir (Baniyas, BAA), Muhammad al-Musalamiy (Fanja, Ummon), Hasan Muzaffar (Dofar, Ummon), Sa'd Suhayd (Fanja, Ummon), Muhsin al-Xaldiy (Saham, Ummon);

Yarimhimoyachilar: Ali al-Jabriy (Al-Nahda, Ummon), Iyd al-Forsiy (Al-Nahda, Ummon), Qosim Said (Al-Nasr, Ummon), Ahmad al-Mahaijriy (Fanja, Ummon), Juma al-Ma'shariy (Al-Oruba, Ummon), Raid Solih (Fanja, Ummon), Muhammad Salim al-Ma'shariy (Fanja, Ummon), Fahad al-Jalbubiy (Saham, Ummon), Muhammad al-Sheiba (Al-Nahda, Ummon), Husayn al-Xadriy (Riyoz, Saudiya Arabistoni);

Hujumchilar: Sami al-Hasniy (Sur SK, Ummon), Ahmad al-Xusniy (Al-Nasr, Saudiya Arabistoni), Yoqub Abdulkarim (Saham SK, Ummon).
Логин:
Пароль: