Главная » Yangiliklar » Uzcard monopoliyasiga barham beriladi
Uzcard monopoliyasiga barham beriladi

Uzcard monopoliyasiga barham beriladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Uzcard monopoliyasiga barham beriladi
  • Дата релиза: 20-09-18, 17:53
Uzcard monopoliyasiga barham beriladi
Hujjatda qayd etilishicha, chakana to'lovlarni qayta ishlash bo'yicha davlat protsessing markazining mavjud emasligi milliy to'lov tizimining xavfsizligi darajasini kamaytirmoqda, to'lov infratuzilmasining yagona integrallashuviga erishish imkonini bermayapti hamda bir monopol tizimning mutlaq ustun bo'lishiga olib kelmoqda deb yozadi Daryo.uz nashri.

Bundan tashqari, to'lov tizimlari operatorlarining faoliyati qonunchilik darajasida tartibga solinmaganligi ularning rivojlanishini cheklamoqda va mazkur tizimlarning ishonchli ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Markaziy bankka:

2019-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan muddatda “To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2019-yil 1-iyulga qadar Markaziy bank Milliy banklararo protsessing markazi, banklararo to'lov tizimi va kliring markazining faoliyat yuritishi uchun ma'lumotlarni qayta ishlovchi to'laqonli markaz yaratilishini;

2020-yil 1-yanvarga qadar mahalliy va xalqaro bank kartalari bo'yicha hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi banklar o'rtasida axborot va texnologik aloqa o'rnatishga ko'maklashuvchi Milliy banklararo protsessing markazi ishga tushirilishini;

2020-yil 1-iyulga qadar mamlakatdagi barcha protsessing markazlari, jumladan, xalqaro to'lov tizimlarining bevosita Milliy banklararo protsessing markazining yagona shlyuzi orqali ishlashini;

Bank to'lov infratuzilmasi doimiy ravishda yaxshilanishini, bankomatlar va o'ziga o'zi xizmat ko'rsatuvchi ko'p funksiyali terminallar tarmog'ining, shu jumladan, o'z tasarrufidagi korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda kengaytirilishini ta'minlash topshirildi.

O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda Milliy banklararo protsessing markazi loyihasini amalga oshirish davomida mavjud protsessing markazlarining Milliy banklararo protsessing markazi bilan integratsiyalashuvini va o'zaro xizmat ko'rsatilishini ta'minlaydi.

Chakana to'lov xizmatlarini ko'rsatish uchun bank tariflari banklar xarajatlari qoplanishini ta'minlash va raqobatga ko'maklashish uchun ma'muriy aralashuvlarsiz xalqaro tajribaga muvofiq o'rnatiladi.
Manba: Hordiq.uz
Логин:
Пароль: