Главная » Futbol yangiliklari » Uzoq masofadan maktabga qatnaydigan o'quvchi-yoshlarga velosipedlar tarqatilmoqda
Uzoq masofadan maktabga qatnaydigan o'quvchi-yoshlarga velosipedlar tarqatilmoqda

Uzoq masofadan maktabga qatnaydigan o'quvchi-yoshlarga velosipedlar tarqatilmoqda

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Uzoq masofadan maktabga qatnaydigan o'quvchi-yoshlarga velosipedlar tarqatilmoqda
  • Дата релиза: 05-01-19, 01:27
Uzoq masofadan maktabga qatnaydigan o'quvchi-yoshlarga velosipedlar tarqatilmoqda
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi tomonidan Furqatga yangi velosiped sovg`a qilindi, deb xabar bermoqda O`zA.

– Otam olamdan o`tganlar, onam, ukam va men birga yashaymiz, – deydi Qamashi tumanidagi 48-umumta`lim maktabi 11-sinf o`quvchisi Furqat Qobilov. – Ukam ikkalamiz 4 kilometr uzoqlikdan maktabga kelishga ancha qiynalar edik. Bizga sovg`a qilingan velosiped mushkulimizni oson qildi. Endi sira darsga kech qolmaymiz.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatning chekka qishloqlariga tashrif buyurib, u erda uzoq masofadan maktabga qatnaydigan o`quvchi-yoshlarga bayram sovg`asi sifatida velosipedlar tarqatilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Qamashi tumani ham bo`lib o`tdi. Unda uzoq masofadan maktabga qatnab o`qiyotgan 6 nafar yoshga bayram sovg`alari taqdim etildi.

– Ilmiy jihatdan 2-2,5 kilometr masofa yurish inson uchun ancha foydali, – deydi Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi raisi Shomurod Sattorov. – Ammo, 3 kilometrdan ziyod masofa bosib, charchoq alomatlari bilan darsga kirish hamda berilgan topshiriqlarni xotirada saqlab qolish ancha mushkul. Ana shu jihatlarni hisobga olib, ushbu loyihani amaliyotga keng tatbiq etish niyatidamiz. Loyiha davomida uzoq masofadan maktabga qatnaydigan o`quvchilar uchun 100 dona velosiped tarqatishni mo`ljallayapmiz. Kelgusida bu jarayonni yanada kengaytirishni maqsad qilganmiz.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: