Vladimir Putinni Oliy hukmdor etib tayinlash taklif etildi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Vladimir Putinni Oliy hukmdor etib tayinlash taklif etildi
- Дата релиза: 15-08-14, 02:31
Rossiya liberal-demokratik
partiyasi (RLDP) yetakchisi Vladimir
Jirinovskiy Rossiya Prezidenti
Vladimir Putinga yangi oliy
hukmdor mansabini taklif qildi.
Mazkur g‘oyani Jirinovskiy Yaltadagi Duma deputatlarining RF
Prezidenti bilan bo‘lgan
uchrashuvida ilgari surdi, deb xabar bermoqda “Dojd” telekanali o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
“ITAR-TASS” agentligining ma’lum
qilishicha, RLDP yetakchisi yana bir
qancha taklif, jumladan,
Rossiyaning uch rangli bayrog‘ini
qora, sariq va oq rangli imperiya
bayrog‘iga, milliy madhiyani esa “Boje, sarya xrani” (“Xudo,
podshohni asra”) qo‘shig‘iga
o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqdi. Shuningdek, u boshqa
mamlakatlarni Rossiya salohiyati
bilan qo‘rqitishga olib keladigan
harbiy g‘oyalari haqida ham
aytgan. “Dojd” telekanali Jirinovskiyning yana bir qancha takliflarini qayd etdi. Xususan, RLDP yangi targ‘ibot vaziri lavozimini ishlab chiqishni taklif qilgan. Bundan tashqari, u mahbuslarni Lugansk va Donetskni
himoya qilishlari uchun ozod
etish tarafdori ekanini ma’lum qilgan. Vladimir Jirinovskiyning ko‘plab
taklifi tinglovchilar kulgusi bilan
qarshi olindi. Uchrashuvdan so‘ng, Vladimir Putin
“Vladimir Volfovich tomonidan
aytilgan barcha taklif — uning
shaxsiy fikri va Rossiya
Federatsiyasining rasmiy pozitsiyasi
bilan har doim ham mos tushmaydi, lekin ular chiroyli” — deb,
mamlakatda “so‘z erkinligi”
o‘rnatilgani bois RLDP yetakchisi
ularni bemalol aytishi mumkinligini
qayd etdi.