Xakerlar iPhone’larga masofadan turib “hujum uyushtirish”ni o‘rganishdi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Xakerlar iPhone’larga masofadan turib “hujum uyushtirish”ni o‘rganishdi
- Дата релиза: 29-05-14, 13:40
O‘zini Oleg Pliss deb atayotgan noma’lum xaker iPhone telefonlarini uzoqdan turib o‘chirish va bloklab qo‘yishni o‘rgandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Apple forumida foydalanuvchilardan birining yozishicha, telefonini yoqishi bilan unga qurilmasi Oleg Pliss tomonidan buzilgani, agar undan yana foydalanmoqchi bo‘lsa, PayPal orqali 100 dollar yoki yevro yuborishi kerakligini so‘rab xabar kelgan.
Telefonlarning bunday tusda “egallab olinayotgani” haqida Buyuk Britaniya va Avstraliyadan ham xabarlar kelib tushmoqda. Daily Mirror’ning yozishicha, Britaniyada xaker odatda 55 funt sterling talab qiladi.
Mutaxassislar fikricha, begona qurilmaga kirish uchun xaker Find My iPhone (“iPhone’imni top”) tizimidan foydalanadi. U iCloud internet-servisi yordamida smartfon qayerdaligini aniqlash imkonini beradi.