Xitoyda 600 yillik tarixga ega piyola 36 mln dollarga sotildi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Xitoyda 600 yillik tarixga ega piyola 36 mln dollarga sotildi
- Дата релиза: 26-07-14, 01:53
Dunyodagi eng qimmatbaho piyolani Gonkongdagi Sotheby’s auksionida Lyu Itsyan sotib oldi. Xo‘rozlar tasviri tushirilgan nafis chinni piyola 51 yoshli millionerga 36 million dollarga tushdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi
Ma’lumotlarga qaraganda, 8,2 santimetr balandlikka ega idish bundan 600 yil muqaddam “chenxua” davrida (1465—1487-yillar) yasalgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, o‘sha paytda Minlar sulolasi “tabiat quchog‘idagi baxtiyor hayot”ni ifodalovchi xo‘roz va tovuqlar suratini juda qadrlagan. Qadimiy Xitoyda ham tovuq va jo‘jalar qurshovidagi xo‘roz tasviri to‘g‘ri qurilgan shaxsiy hayot, katta va ahil oila ramzini bildirgan.
Auksionda qayd etilganidek, buyumning baland qiymati undagi bezakning murakkab texnikasi hamda qadimiy nafis chinni sifatidagi kamyobligi bilan bog‘liq.
Lyu Itsyan o‘z xaridini “Lun” (“Ajdar”) shaxsiy muzeyida ko‘rgazmaga qo‘ymoqchi. U ehtimol imperator choy ichgan piyolani sotib olganidan xursandligini bildirdi.