Xivada temir yo`l, vokzal hamda yangi masjid qurilishi boshlandi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Xivada temir yo`l, vokzal hamda yangi masjid qurilishi boshlandi
- Дата релиза: 16-02-17, 11:57
Prezi¬dent Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkor¬lik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog`ida Xorazm vohasida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilishini alohida ta`kidladilar.
Prezidentimiz Xorazmning turizm borasidagi imkoniyatlaridan unumli foydalanish, buning uchun yangi yo`nalishlar tashkil etish borasida tavsiyalar, ko`rsatmalar berib, Urganchdan Xivagacha temir yo`l va Xiva shahrida zamonaviy vokzal barpo etish, bu yo`lda elektropoezdlar, kelgusida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tez yurar poezdi qatnovini yo`lga qo`yilishini alohida qayd qilgan edilar.
Joriy yilning 10 fevral kuni ushbu ulkan bunyodkorlik jarayoni bilan bog`liq mutasaddi tashkilotlar raqbarlari, faollar, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Urganch tumanidagi “Tandirchi” mahallasi hududida mazkur temir yo`l qurilishiga tamal toshi qo`yildi, deb yozadi “Xorazm haqiqati” gazetasi.
Viloyat hokimi P.Bobojonov bu ulkan bunyodkorlik ishi O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yillik bayrami kunigacha tugallanishi va buning uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjudligini ta`kidladi.
Shu kuni Xivada qad rostlaydigan temir yo`l vokzali poydevoriga ham ilk g`isht qo`yildi.
Xiva tumani hokimi E.Yoqubov uzunligi qariyb 30 kilometrni tashkil qiladigan temir yo`lni keltirish munosabati bilan shahar va shahar atrofida turizm jozibadorligini oshirish, shuningdek, mahalliy aholi dam olishi bilan bog`lik ko`plab sayilgohlar, xiyobonlar, bog`lar, gulzorlar yaratilishi, yangi turar-joylar, muhtasham imoratlar qad rostlashini mamnuniyat bilan bildirdi.
Shu kuni Urganch shahridagi Oxunbobo masjidi qurilishi munosabati bilan ushbu yaratilajak mahobatli masjid poydevoriga ilk g`isht qo`yish tadbiri ham bo`lib o`tdi.
Manba: Darakchi.uz