Xojiboy Tojiboev hayot bo'lganida... yoxud "Million" haqida bir og'iz
- Категории: Yangiliklar
- Название: Xojiboy Tojiboev hayot bo'lganida... yoxud "Million" haqida bir og'iz
- Дата релиза: 01-08-14, 23:48
Bu “Million” jamoasining (bular haliyam
jamoami, QVZ jamoasimi, boshqacha
jamoa bo'lishi mumkin emas, futbol
jamoasimasdir, har safar Mirjalol
Qosimovni “chaynasa”, futbol jamoasi
bo'lib qolmaydi-ku) 2014 yil bahordagi kontserti so'ngidagi
gaplardan iqtibos. Shu kontsertni
ko'rdim, ham kuldim, ham kuydim.
Kulganim — “Million”ga qo'shilib
nafaqat o'sha zaldagi tomoshabinlar,
balki oldi qatorlarni band qilib olgan shou-biznes vakillari ustidan kuldim.
Kuyganim — O'zbekiston xalq artisti
Ozodbek Nazarbekov va yana boshqa
istalgan san'atkorning o'sha
kontsertda o'tirib, sahnadagi
lo'ttibozlarning, masxarabozlarning, bachkanabozlarning qiliqlariga maza
qilib kulganiga va eng yomoni, ularni
shundayligicha qabul qilayotganiga
kuydim. “Million” jamoasiga hech
qanday adovatim yo'q. Bu bolalar
(“bollarda ayb yo'q”) QVZdalik paytida yaxshiroq edi, mayli, o'tgan yilgi ilk
kontserti ham bundan durustroq edi.
Lekin bu galgisi “Oshkora uyatsizlik
qissasi” bo'lib ketibdi. Ular rostdan ham
masxarabozlik, bachkanabozlikka
o'tib ketishganini o'zlari isbotlashibdi. Chunki uyatsizlik, beandishalikka
yo'g'rilgan kulgi aslo kulgi
hisoblanmaydi. Marhum Hojiboy
Tojiboevni eslang, uzoqqa bormaylik. U
xalq ichidagi gaplarni aytardi,
bo'rttirmasdi, qo'shib-chatmasdi, shunchaki vaziyatni tushuntirardi
xolos. Lekin buni odamlarga etkazish
mahorati kuchliligidan uni 7 yoshdan
70 yoshgacha hamma birdek sevardi,
tinglardi, tomosha qilardi. “Million”
kontsertini oilaviy ko'ra olasizmi? “Million” a'zolarining o'zlari onasi bilan
birga o'tirib, shu kontsertni ko'ra
oladimi? (Balki taklifnoma bilan
kontsertning o'ziga ham
chaqirishgandir.) Xo'p, birga ko'rgan
taqdirda ham, kontsertni ko'rgan ona (yoki opa, singil, amma, xola, dada,
amaki, qizi, o'g'li) 90 foiz tushunmagan
joylarini o'zlari birma-bir izohlab
beradimi? Tasavvur qila olasizmi?
Deylik, yigirma ikkinchi asr
arxeologlari yigirma birinchi asr odamiga duch kelgan sahna
ko'rinishini olaylik.
“— Bu bo'ydoq ekan.
— Qaydan bilding?
— Qara, kafti shilinib ketgan...”
Shu erida hamma kuladi, tutqanoq
bilan kulganlar ham topiladi. Endi shu
joyiga tushunmagan onasi (yoki yosh
singlisi, yoshgina qizi, o'g'li) odamlar
nima uchun qotib kulganiga javob
so'rasa, nima deb javob berisharkan? Shunchaki qiziq. “Armatura tashigan”,
deb qutiladimi? “Armatura tashigan”,
degan gap bir necha daqiqadan keyin
(odamlar “maza” qilib kulib bo'lgandan
so'ng) aytiladi-ku axir! Bunday
misollar tiqilib yotibdi, tomoshabin kulyapti, eng achinarlisi, zaldagi el
xizmatida yurgan xonandalaru
aktyorlar ham ularga jo'r bo'lyapti.
Nima, hamma shunchalik bachkana
bo'lib ketganmi? Hayot shunchalik
engil-elpi, odamlar, yoshlar, o'sha artistlar shu darajada engiltakka
aylanganmi? “Million”da yo'q ekan,
sizlarning singlingiz bormi, onangiz
bormi yoki bo'yiga etgan qizingiz
bormi? Oriyat, nomus, hamiyat, yigitlik
g'ururi bormi sizlarda? Mayli, sozandalarda bo'lmasa, nahotki
boshqa tomoshabinlarda ham bu kabi
tushunchalar yetishmasa?
Turing o'rningizdan, so'kib tashlang,
e'tiroz bildiring, baqiring, kerak bo'lsa,
toshbo'ron qiling! Bu xalqni nima
ko'yga solyapti axir ular! Har zamonda
chiroq va futbol muammosini oraga
tiqishtirib ketib, xalqdan olamiz, deyishdan uyalmaydi ular. Chunki
ularning ishi shu, noni shu! Ularning
sizlarga o'xshagan, barmog'ini ham
ko'rsatsa, “dumalab” kuladigan
“muxlislari” bor! Ular gapga usta,
xohlasa, Jasur Umirovni sahnaga o'tkazib qo'yib, uning obro'sini er bilan
bitta qiladi. Istasa, Umida
Mirhamidovadek ustoz xonandalarni
kalaka qiladi. Nima, ularning o'rnida
o'sha Ozodbek Nazarbekov bo'lishi
mumkinmasmi? Mumkinmas, hozircha. Chunki hozircha undan hayiqishadi.
Balki ma'lum vaqtdan keyin uni ham
“mixga o'tirg'izib yuborishar”. Agar
ungacha o'zlari boshqa joylarga o'tirib
ketishmasa. Ular xohlagan odamining
ustidan xohlaganicha kulishi mumkin, chunki ular gap bilan tug'ilgan.
Ularning ustidan kim kuladi?
Hamtovog'i “Dizayn”mi? Kim?!
Ularni tartibga soladigan odam faqat
bitta edi, u ham bo'lsa oramizda yo'q.
Agar oramizda bo'lganida “Dizayn”,
“Million” degan bachkana
kompaniyachalar ham bo'lmasdi...
Agar Hojiboy Tojiboev hayot bo'lganida ularga non topilmasdi
(marhum bir yilda ikki marta kontsert
berishga o'tgandi). Agar Hojiboy
Tojiboev tirik bo'lganidami... bularni
ko'rib, qiziqchilikdan voz kechardi.
Bunday tomoshabinga mavzu topomaganidan uzlatga chekinardi..