XOQ o‘z aksildoping tashkilotini tuzishi haqidagi xabarlarni inkor qildi
- Категории: Yangiliklar
- Название: XOQ o‘z aksildoping tashkilotini tuzishi haqidagi xabarlarni inkor qildi
- Дата релиза: 23-09-16, 22:05
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) o‘rniga o‘z aksildoping tashkilotini tuzishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
WADA rahbari Kreyg Ridi XOQ aksildoping agentligi pozitsiyalarini zaiflashtirishni rejalashtirmayotganini, aksincha, tashkilot vakolatlarini oshirishini ta’kidlab o‘tdi.
Ilgariroq XOQ WADA o‘rniga yangi tuzilma tashkil etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Bu xabarlarda bir og‘iz haqiqat yo‘q. Bu masala ko‘rib chiqilmayapti va ko‘rib chiqilmaydi”, — dedi XOQ vakili.
Shu bilan birga, XOQ prezidenti Tomas Bax qo‘mitaga a’zo bo‘lgan 97 tashkilotga xat yo‘llab, aksildoping tizimini isloh qilish jarayoniga o‘z hissasini qo‘shishga chaqirgani ma’lum.