Yangi soliq imtiyozlari aprel va iyul oylaridan amal qila boshlaydi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Yangi soliq imtiyozlari aprel va iyul oylaridan amal qila boshlaydi
- Дата релиза: 21-04-18, 08:48
18.04.2018 yildagi «O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi O`RQ–476-son qonun (52-moddasi) bilan Soliq kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Soliq imtiyozlari joriy etilmoqda
2018 yil 19 apreldan boshlab:
1) Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to`liq uzib qo`yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – muqobil energiya manbalari o`rnatilgan oydan e`tiboran uch yil muddatga jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan (Soliq kodeksining 275-moddasi) va jismoniy shaxslardan olinadigan er solig`idan (Soliq kodeksining 290-moddasi) ozod qilinadilar.
Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to`liq uzib qo`yilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish to`g`risida energiya ta`minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma`lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo`ladi.
2) YaST bo`yicha soliq solinadigan baza (Soliq kodeksining 356-moddasi) turistik faoliyat sub`ektlari uchun – turistik xizmatlarni onlayn-bronlashtirish va sotish bo`yicha dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yo`naltirilgan mablag`lar summasiga kamaytiriladi.
2018 yil 19 iyuldan boshlab:
1) Paxta yig`im-terimi bo`yicha qishloq xo`jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslar tomonidan bu ishlarni bajarganlik uchun olinadigan daromadlarga yagona ijtimoiy to`lov va sug`urta badallari hisoblanmaydi (Soliq kodeksining 308-moddasi).
2) Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklari – yagona er solig`i to`lovchilar, ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklari reestriga kiritilgan kundan boshlab qishloq xo`jaligi mahsulotini etishtirish bilan bog`liq bo`lmagan boshqa daromad turlari bo`yicha YaSTni to`lashdan besh yil muddatga ozod etiladi.
Ayrim normalar tarkibi kengaytirildi
1) Soliq solinmaydigan er uchastkalari jumlasiga tarixiy-madaniy ahamiyatga molik erlar (xo`jalik faoliyati yuritilayotgan erlar bundan mustasno) – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros ob`ektlari, xotira bog`lari egallagan erlar kiradi (Soliq kodeksining 282-moddasi).
Ilgari tarixiy-madaniy ahamiyatga molik erlar jumlasiga tarixiy-madaniy qo`riqxonalar, xotira bog`lari, sag`analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan erlar kirar edi.
2) Davlat organlari – o`zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish to`g`risidagi da`volar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli bo`lgan, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o`zga madaniy qimmatga ega bo`lgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xo`jasizlarcha munosabatda bo`lgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qo`yish to`g`risidagi ishlar yuzasidan umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini to`lashdan ozod qilinadi (Soliq kodeksining 329-moddasi).
Ilgari jismoniy shaxslarga tegishli bo`lgan mol-mulkni davlat mulkiga olib qo`yish to`g`risidagi ishlar ro`yxatida ilmiy va madaniy qimmatliklar bo`lmagan.
Davlat bojini to`lash tartibi aniqlashtirildi
Notarial harakatlar bajarilganligi uchun davlat boji undirish tartibiga aniqlik va qo`shimchalar kiritildi (Soliq kodeksining 338-moddasi).
Ulardan biri: davlat notarial idorasi binosidan tashqarida – fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari chog`ida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji bir baravar miqdorda undiriladi (ilgari – ikki baravar miqdorda).
Manba: Darakchi.uz