Yaponiyada dinozavrning 100 million yil avval yashagan yangi turi kashf qilindi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Yaponiyada dinozavrning 100 million yil avval yashagan yangi turi kashf qilindi
- Дата релиза: 16-08-14, 01:27
Yaponiyalik paleontologlar bundan 100 million yil avval hozirgi Yaponiya hududida yashagan, titanozavrlar avlodiga mansub tarixdan ilgarigi kaltakesaklarning yangi turi kashf qilinganini tasdiqladi. Bu haqda Yaponiya OAVlariga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Qazilma qoldiqlar 2006-yildayoq Xyogo prefekturasining Tamba shahrida o‘z sinfi bilan geologik tadqiqot olib borayotgan mahalliy maktab o‘qituvchisi tomonidan topilgan edi. Hududga professional arxeologlar yetib kelib, dinozavr skeletining bir qismini yig‘ishga muvaffaq bo‘lishgan, u esa Yaponiyaning bir qator universitetlariga tekshiruv uchun yuborilgan edi.
Natijada paleontologlar suyaklarning g‘ayrioddiy shakli bo‘yicha qadimiy kaltakesak shu paytgacha noma’lum bo‘lgan turga tegishli ekanini tasdiqladi va unga Tambatitanis amicitiae ilmiy nomi berildi.
O‘txo‘r titanozavr sayyoramizda quruqlikda yashagan eng yirik hayvonlardan biridir. Ushbu dinozavrlarning shu paytgacha qoldiqlari topilgan eng katta namoyondasi taxminan 40 metr uzunlikka va 80 tonna og‘irlikka ega bo‘lgan. Yaponiyada aniqlangan sudralib yuruvchi turi esa undan ancha kichik — 15 metr uzunlikda bo‘lgan.