Главная » Yangiliklar » Yaponiyada “Noguri” to‘foni tufayli 600 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinadi
Yaponiyada “Noguri” to‘foni tufayli 600 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinadi

Yaponiyada “Noguri” to‘foni tufayli 600 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yaponiyada “Noguri” to‘foni tufayli 600 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinadi
  • Дата релиза: 10-07-14, 00:53
Yaponiyada “Noguri” to‘foni tufayli 600 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinadi
Yaponiyada “Noguri” to‘foni
yaqinlashib kelayotgani
sababli janubiy Okinava
prefekturasidagi 590 ming
kishini evakuatsiya qilish
haqida e’lon qilindi, deb xabar
berdi Kiodo agentligiga
tayanib “RIA Novosti”.
Foto: ria.ru
Prefekturaning markaziy
shahri — Naxada shamolning
sekundiga 50,2 metrgacha
kuchaygani qayd etildi.
Meteorologlar taxminiga ko‘ra,
chorshanba kuni Okinavada
shamol tezligi sekundiga 45
metrga, kuchayganida esa 65
metrga yetishi mumkin (25—
30 metr/sekund shamol
odamni yiqitish uchun yetarli).
To‘fon natijasida chorshanba
kuni ertalab Okinava
prefekturasi va Kyusyu orolida
sutkasiga 200 millimetr
yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Ayni damda “Noguri” to‘foni
Tinch okeani ustida bo‘lib,
uning tezligi soatiga 30
kilometrni tashkil etadi.
Yaponiyaning Bosh
meteorologiya boshqarmasi
ma’lum qilishicha, to‘fon
chorshanba kuni
mamlakatning janubiy,
juma kuni esa markaziy
hududlari, xususan,
Tokiogacha kelishi mumkin.
Dushanba kuni Yaponiyaning
Bosh meteorologiya
boshqarmasi mamlakat
hududida bir necha o‘n yillikda
bir marta sodir bo‘ladigan
tabiiy ofat yaqinlashayotgani
uchun favqulodda holat e’lon
qildi.
Логин:
Пароль: