Главная » Yangiliklar » Yaponiyalik taniqli olim ilmiy mojaro tufayli o‘zini osib qo‘ydi
Yaponiyalik taniqli olim ilmiy mojaro tufayli o‘zini osib qo‘ydi

Yaponiyalik taniqli olim ilmiy mojaro tufayli o‘zini osib qo‘ydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yaponiyalik taniqli olim ilmiy mojaro tufayli o‘zini osib qo‘ydi
  • Дата релиза: 06-08-14, 17:49
Yaponiyalik taniqli olim ilmiy mojaro tufayli o‘zini osib qo‘ydi
Yaponiyaning yetakchi olimlaridan biri, tana hujayralari bo‘yicha munozarali ishlar muallifdoshi, 52 yoshli Yoshiki Sasai o‘lik holda topildi. Bu haqda The WALL STREET Journal yapon politsiyasiga tayanib xabar berdi. Tadqiqotchi o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi.

Fizikaviy-kimyoviy tadqiqotlar instituti Biologik tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan Yoshiki Sasai nordon muhit orqali tana hujayralarini yetishtirish usulining muallifdoshlaridan biri bo‘lgan.

Ushbu tadqiqot haqidagi maqola ommaga e’lon qilingach, ko‘plab munozara va tanqidlarga uchradi. INSTITUT izlanish natijalarini sinovdan o‘tkazish uchun boshqa ilmiy muassasalar tadqiqotchilarini mustaqil ekspert sifatida jalb qildi. Ular nashr etilgan materiallarda rasmlarning buzib talqin qilingani va bitta suratdan bir necha MARTA foydalanilganini aniqladi.

Natijada Sasai va uning jamoasini, ularga qo‘shib, markaz rahbariyatini ham jazolashni talab eta boshlashdi. Maqolani chop etgan NATURE jurnali unda noaniq ma’lumotlar borligini pesh qilib, ishni qaytarib oldi.

Tanqidlarga qaramay, olimlar rasmlar bo‘yicha xatoliklar bo‘lsa-da, tana hujayralarining o‘zlari isbotlagan yo‘l orqali olinishi fakti o‘zgarmasligini ta’kidlay boshladi.

Yoshiki Sasai jasadi 5-avgust kuni tongda soqchilar tomonidan topilgan. U Biologik tadqiqot markazi binosida o‘zini osgan. Hodisa joyida o‘lim oldidan yozilgan maktublar topildi. Unda olim ushbu tadqiqot uchun uyat va afsusda ekanini yozib, kechirim so‘ragan.
Логин:
Пароль: