Главная » Yangiliklar » Yaponiyaning Akita prefekturasi tog‘larida 7 nafar alpinist g‘oyib bo‘ldi
Yaponiyaning Akita prefekturasi tog‘larida 7 nafar alpinist g‘oyib bo‘ldi

Yaponiyaning Akita prefekturasi tog‘larida 7 nafar alpinist g‘oyib bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yaponiyaning Akita prefekturasi tog‘larida 7 nafar alpinist g‘oyib bo‘ldi
  • Дата релиза: 10-10-16, 12:14
Yaponiyaning Akita prefekturasi tog‘larida 7 nafar alpinist g‘oyib bo‘ldi
Yaponiyaning Akita prefekturasida yetti nafar alpinistdan iborat guruh bilan aloqa yo‘qolgan. Kyodo agentligining 10-oktabr, dushanba kuni ma’lum qilishicha, ular yakshanba kuni kechqurun yetib kelishi lozim bo‘lgan nazorat nuqtasiga yetib kelmagan, deb yozadi “TASS”.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, to‘rt nafar erkak va uch nafar ayol balandligi 1454 metr bo‘lgan Moriyesi to‘g‘ cho‘qqisiga chiqish uchun Ibaraki prefekturasidan Akitaga yetib kelgan. Ular piyoda yuriladigan yo‘lakka ikkita mashinada yetib kelgan, shundan keyin yo‘lga chiqqan.

Yakshanba kuni kechqurun ular o‘z marshrutini yakunlab, mehmonxonada tunash uchun qaytishi kerak edi. Biroq mehmonxona xodimlari guruh qaytib kelmaganligini ma’lum qilgan.

10-oktabr erta tongda prefektura rasmiylari qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boshladi. Unga 20 ga yaqin politsiyachi va bitta vertolyot jalb etilgan. Hozircha yo‘qolgan guruhdan hech qanday iz topilmadi.
Логин:
Пароль: