Yo'qolgan tug'ilganlik haqidagi guvohnomani tiklash tartibi qanday?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Yo'qolgan tug'ilganlik haqidagi guvohnomani tiklash tartibi qanday?
- Дата релиза: 12-09-18, 23:42
Ushbu holatda tug`ilganlik haqidagi guvohnomani bergan FHDYo organidan takroriy guvohnoma olish mumkin, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Buning uchun takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs, ushbu guvohnomani bergan FHDYo organiga bevosita yoki o`zi yashab turgan joydagi FHDYo organi orqali murojaat qilishi lozim.
Bolalarga va muomalaga layoqatsiz shaxslarga takroriy guvohnomalar ularning ota-onalari (farzandlikka olganlar), vasiylari, homiylari, bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalari ma`muriyatlarining arizalari bo`yicha beriladi.
Tug`ilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxsning o`ziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog`ozlari asosida boshqa shaxslarga beriladi.
Takroriy guvohnomalar berganlik uchun eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida (27 645 so`m) haq undiriladi.
Manba: Darakchi.uz