Zohid “Ummon” guruhini tark etdi (mi)?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Zohid “Ummon” guruhini tark etdi (mi)?
- Дата релиза: 16-10-18, 22:15
«Ummon guruhi»ning o`n yillik yubileyi arafasida a`zolaridan biri guruhni tark etgani barcha uchun kutulmagan yangilik bo`ldi. Muxlislarni hayron qoldirgan bunday holatni yigitlar "Sevimli" telekanalining “Xayrli oqshom” ko`rsatuvida quyidagicha izohlashdi.
-Jasur: Bu xabar muxlislarimiz uchun qanchalik kutilmagan yangilik bo`lsa, biz uchun ham xuddi shunday bo`ldi. Muxlislarimiz bizni bir-birimizjan ayro tasavvur qila olmaydi. 10-yillik yubiley konsertimiz bo`lishi kutilayotga, hamma e`tibor, harakat shu konsertga qaratilgan edi. O`tkazilish kuni ham ma`lum bo`lgan konsertimiz qoldirildi. Bu shunchaki do`stimiz Zohidning qarori, biz har doim bir-birimizning qarorimizni xurmat qilganmiz va uning bu qarorini ham to`g`ri tushundik. Zohid o`zini yakkaxon tarzda sinab ko`rmoqchi va bu ham bizga o`zimizni sinab ko`rish imkonini beradi.
-Shohrux: Haligacha o`zimiz ham bunga ishona olmaymiz! Hech kimga aytmadik, chunki hammasi yaxshi bo`lib ketishini, o`z joyiga tushishini kutdik. Ustunning uchta tirgagi bo`lsa, undan bittasi olib tashlansa, hamma ma`suliyat qolgan ikkitasiga tushadi. Hozirda guruhda ikki kishi bo`lganimiz uchun ko`proq ma`suliyatni his qilyapmiz. Masalan, ilgari bir qo`shiqni 70 % Zohid aytgan bo`lsa, hozir buni 50 ga 50 qilib bo`lishdik.
Shohrux: Oxirgi yillarda oramizada qandaydir bo`shliq paydo bo`lgandi.....
-Jasur: 10-yillik ijod qilish mayli, lekin biz hayotda ham qadrdon do`stlar edik. Hozir hammasi yaxshi. Zohid premera qo`shig`imizni tingladi, hattoki kelajakda qo`shiq yozib beraman, hamkorlik qilamiz dedi. Nima bo`lganda ham biz o`zimizga ishonamiz, bizni sevib tinglaydigan o`z muxlislarimiz bor. Ayni kunlarda «Yig`lama yurak» taronasiga klip olish ishlarini boshlab yubordik.
Manba: Darakchi.uz