
6 oylik bola - rivojlanishi
- Категории: Go'daklik davri
- Название: 6 oylik bola - rivojlanishi
- Дата релиза: 15-02-16, 22:49
6 oylik bola - rivojlanishi
Bola hayotining birinchi yarim
yilligi o'tdi. Shu oyda bolaning
vazni yana 600-650 grammga,
bo'yi esa 2.5-3 sm ga oshdi. Shu
davrda ko'pchilik bolalarda tish
chiqishi boshlanadi. AKDS
emlatishning uchinchi bosqichi
amalga oshiriladi. Bolaning miya
rivojlanishi jadal sur'at bilan
ketmoqda.
6 oylik bola rivojlanishi:
1. O'tira oladi;
2. O'tirganda yiqilmaslik uchun
qo'llarini tirab oladi;
3. Bolalar stulida o'tiradi;
4. Mebelni ushlagan holda tura
oladi;
5. Yotgan holda ikkala tomonda
ag'dariladi;
6. O'yinchoqqa qo'li yetishi
uchun yerda yotib, oyoqlari bilan
tanasini o'yinchoq tomon
siljitadi;
7. Narsani qo'li bilan oladi;
8. O'yinchoqlarni qo'llari bilan
ko'rsatadi;
9. Mayda narsalarni barmoqlari
bilan ushlaydi;
10. Ko'proq xilma-xilroq
tovushlarni chiqaradi;
11. Tovush balandligini
o'zgartirib chiqarishni yaxshi
ko'radi (eshitish qobiliyati yaxshi
bo'lishi kerak);
12. Qattiq kuladi;
13. Chapay chaladi;
14. Kubik o'ynaydi;
15.Kattalar mimikasini qaytaradi;
16. O'yin davomida bir nimalarni
o'ylagandek tuyuladi;
17. Taqillatishni xush ko'radi;
18. Sakratishganini yaxshi
ko'radi;
19. Qo'shimcha ovqat yeyishni
boshlaydi;
20. Stol ustidagi narsalarni tortib
olgisi keladi.
manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар