ANANAS VA KOKOSLI “ChIZKEYK”
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: ANANAS VA KOKOSLI “ChIZKEYK”
- Дата релиза: 25-09-17, 13:33
ANANAS VA KOKOSLI “ChIZKEYK”
Zarur masalliqlar: 300 gr. shokoladli pechene, 100 gr. sariyog`, 400 gr. qaymoq, 100 gr. qand upasi, 3 dona tuxum, 200 gr kokos qirindisi, 300 gr. konservalangan ananas.
Tayyorlash: 1). Xona haroratida eritilgan sariyoqqa uvalangan pechenedan qo`shib, yaxshilab aralashtiring. Pirog qolipiga aralashmani solib, tagi va chetini biroz chiqarib qo`ying-da, muzlatgichda saqlang.
2). Mikserda qaymoqni qand upasi bilan birga ko`pirtirib, bittadan tuxum qo`shing. Va ko`pirtirishda davom etgan holda masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Kokos qirindisi va bo`laklarga ajratilgan ananasni eng oxirida solasiz.
3). Pecheneli pirog asosi qotgach, muzlatgichdan olib, ichiga ananasli “nachinka”ni soling. Yuzasini tekislab, kokos qirindisi bilan bezating. So`ng yana muzlatgichga qo`yib, 45 daqiqaga qoldiring. Bu muzdayligicha eyiladigan desert bo`lib, faqat dasturxonga tortishdan avval likopchalarga solinadi.
Tayyorlash vaqti: 1 soat.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар