Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Idishlarni yuvishda ishlatiladigan suyuqlik nimasi bilan xavfli?
Idishlarni yuvishda ishlatiladigan suyuqlik nimasi bilan xavfli?

Idishlarni yuvishda ishlatiladigan suyuqlik nimasi bilan xavfli?

Idishlarni yuvishda ishlatiladigan suyuqlik nimasi bilan xavfli?
Agar bu vosita idishdagi yog‘larni erita olsa, demak u qo‘llaringizdagi yog‘ qavatiga ham ta’sir qilishiga shubha qilmasangiz ham bo‘ladi.

Biz idish yuvish vositalari tarkibidagi sizning sog‘lig‘ingiz uchun xavfli hisoblanuvchi kimyoviy moddalar to‘g‘risida aytib bermoqchimiz.

Ammiak. Yorliqlarda “ammiak” so‘zi unchalik tez-tez ishlatilmaydi. Lekin “ammoniy tuzlari” yozuvi ko‘p uchraydi. Ammoniy ionlarining bakteriyalar bilan qo‘shilishi natijasida nitrid va nitrit tuzlari paydo bo‘lishi mumkin. Bu tuzlar inson organizmida gemoglobinning yemirilishiga olib keladi.

Triklozan. Bu modda yuvish vositalari tarkibiga bakteriyalarni yo‘qotish maqsadida qo‘shiladi va bu vazifani a’lo darajada bajaradi. Lekin u suvda yaxshi yuvilmaydi. Bu modda organizmga tushsa nafaqat mikrobiotaning, balki qalqonsimon bez faoliyatining ham buzilishiga olib keladi.

Formaldegid. U ham triklozan kabi bakteriyalarni yo‘qotadi. Va ovqat hazm qilish va endokrin tizimiga ham xuddi shunday salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Dixlorizotsianurat natriy. Bu modda bakteriyalar va bir hujayrali zamburug‘larni yo‘qotish maqsadida ishlatiladi. Lekin ularning katta miqdori odamlarga ham zarar yetkazishi mumkin.

Fosfatlar. Bu moddadan deyarli hamma ishlab chiqaruvchilar foydalanadi, chunki ular yaxshi tozalash bilan birga suvni yumshatish xususiyatiga ham ega. Lekin fosfatlardan o‘g‘it sifatida ham foydalaniladi. Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, suv quvurlarini tozalashda fosfatlardan foydalanilgan joylarda yashil suv o‘tlari paydo bo‘lishi aniqlangan. Suv o‘tlari esa juda zaharli hisoblanadi.

Biz nima qilishimiz kerak?

Idishlarni yuvishda himoyalovchi qo‘lqoplardan foydalanishimiz kerak.

Tarkibida fosfatlar bo‘lgan har qanday yuvish vositalaridan voz kechishimiz kerak.

Idish yuvish mashinasi sotib olishga harakat qilishimiz kerak.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: