Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Nima sababdan smartfonlarning quvvati juda tez tugaydi?
Nima sababdan smartfonlarning quvvati juda tez tugaydi?

Nima sababdan smartfonlarning quvvati juda tez tugaydi?

Nima sababdan smartfonlarning quvvati juda tez tugaydi?
Zamonaviy mobil telefonlar bizga bir vaqtning o‘zida xohlagan joyda kitob o‘qish, qayd qilish, rasmga tushirish, video ko‘rish, shuningdek o‘ynash yoki internet-sahifalarni ko‘rib chiqishga imkon beruvchi bir necha moslamalarning o‘rnini bosadi. Va uyga qaytguncha quvvati tamom bo‘lsa, bu juda achinarli holat.

Agar o‘z smartfoningizning akkumulyatorli batareyasini to‘g‘ri ishlatishni bilsangiz, bunday muammoni bartaraf qilishingiz mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, biz o‘zimiz quyidagi harakatlarimiz bilan quvvatini juda tez sarflashga uni majbur qilar ekanmiz:

Quvvatini to‘liq yo‘qotishiga yo‘l qo‘yamiz

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday odat batareyaning sig‘imini pasaytiradi, shuning uchun zaryad miqdorining eng pastgacha tushishini kutib o‘tirmasdan iloji boricha uni zaryadlashga qo‘yish kerak. Faqat har 2 oyda bir marta zaryadining to‘liq tugashiga imkon berish yetarli bo‘ladi.

Smartfonni oxirigacha zaryadlaymiz

Albatta 100% zaryadlanishini kutib o‘tirish ham yaramaydi. Eng yaxshisi – uni doimo taxminan 30 dan 80% gacha oraliqda ushlab turish.

Akkumlyatorning qizib ketishiga yo‘l qo‘yamiz

Smartfon batareyasining ishlashi uchun optimal harorat: 1 dan + 35 darajagacha. Bu parametrlarning oshib ketishi tez eskirishga olib keladi.

Smartfonning g‘ilofini yechmasdan uni zaryadlashga qo‘yamiz.

Bunday odat juda ko‘p hollarda batareyaning qizib ketishiga olib keladi.

Simsiz zaryadlagichdan foydalanamiz

Yangi modadagi zaryadlovchi moslama akkumulyatorli batareyaning xizmat qilish muddatini qisqartiradi.

Mos kelmaydigan simdan foydalanamiz

Agar kabel o‘ziniki bo‘lmasa, bu batareyaga og‘irlik yuklashi yoki uning to‘liq zaryad olishiga yo‘l bermasligi mumkin. Yaxshisi o‘zining zaryadlagichini ishlatganingiz ma’qul.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: