Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Odamlarni o‘ziga tortuvchi kishining 5 fazilati
Odamlarni o‘ziga tortuvchi kishining 5 fazilati

Odamlarni o‘ziga tortuvchi kishining 5 fazilati

Odamlarni o‘ziga tortuvchi kishining 5 fazilati
Agar siz odamlarga yoqishni xohlasangiz o‘zingizda kerakli fazilatlarni oshiring.

U boshqalarga yaxshi munosabatda bo‘ladi

Buning uchun o‘z xudbinligini tiyishga to‘g‘ri keladi. Suhbatdoshidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qilish kerak emas. Uning yutuqlarini kamsitib o‘zingizni boshqacharoq ko‘rsatishga harakat qilmang. Yaxshi odamga bunday qilishning hojati yo‘q. U o‘zi bilan o‘zi bo‘lishidan baxtli, shuning uchun o‘z kuchlariga ishonadi.

U o‘zining qadr-qimmatini biladi

Yoqimli odam uni qadr-qimmatiga qarab baholashlari kerakligini yaxshi biladi. O‘ziga ishonish — hayotda ko‘pgina vaziyatlarda yordam beradi.

U salbiy odatlardan qochadi

Biz atrofimizdagi odamlarning yurish-turishlariga taqlid qilishga moyilmiz. Albatta, biz har tomonlama ibrat olishga arziydigan odamlarning yonida o‘zimizni ancha yaxshi his qilamiz. Ma’lumki, bunday odamlar bizni ijobiy quvvat bilan ta’minlaydi. Hamma shunday odamlar bilan birga vaqt o‘tkazishga intiladi.

U boshqalarga yordam beradi

Yoqimli odam boshqalarni maqtashni yaxshi ko‘radi. U kerakli so‘zlarni topib aytish, ko‘ngilni ko‘tarish va yordam berish qobiliyatiga ega. Bunday odam o‘zining atrofidagi kishilarni baxtli qilishni xohlaydi.

U harakat qiladi

Yoqimli odam o‘zi qilayotgan ishlarning hammasiga e’tibor beradi. U salobatli ko‘rinishga harakat qiladi, ish yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlardan oldin suhbatlashadigan odami to‘g‘risida ko‘proq narsalarni bilib oladi va mehmonga borganda esa sovg‘alar beradi. Bu ko‘p vaqt yoki kuch talab qilmaydi. Lekin odamlar ular haqida unutmaganini ko‘radi va uning mehnatini qadr-qimmatiga yarasha baholaydi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: