Qalblaringizni nima bog`lab turadi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Qalblaringizni nima bog`lab turadi?
- Дата релиза: 10-04-17, 16:07
Sevgimi yo do`stlik?
Ba`zida do`st deb yurgan insoningga nisbatan qalbingda boshqacha hislar uyg`onganini sezmay qolasan kishi, gohida esa aksincha «Sevaman» deb o`ylaysan-u, aslida, orangizda mustahkam do`stlik shakllangan bo`ladi. Qiz bola uchun o`z tuyg`ularini vaqtida aniqlab, shunga ko`ra munosabatlarni yo`lga qo`yish muhim hisoblanadi. Ushbu test yoningizdagi yigitga nisbatan aslida qanday tuyg`ularni his etayotganingizni aniqlashga ko`maklashadi. Savollarga javob berish orqali o`zingizni qiynayotgan masalaga aniqlik kiritib olishingiz mumkin.
1. Dugonangizning tug`ilgan kuniga ko`ngil qo`ygan insoningiz ham keldi, biroq siz boshqa yigit bilan gaplashib turibsiz. O`z xatti-harakatingizni qanday izohlaysiz?
A) «Uning rashkini keltirish uchun shunday qilayapman-da».
B) «Hamma men bilan gaplashishni istasa, ayb mendami?»
V) «Avvalgi safar u boshqa qiz bilan gaplashib turgandi. Endi teng bo`ldik».
2. Ko`rishganingizda uning kayfiyatini aniqlashga qiyinalasizmi?
A) «Aslo. Buni sezish umuman qiyinmas».
B) «Kamdan-kam hollarda aniq bilishim mumkin. Kayfiyati tushkun bo`lgan taqdirda ham doim qarshimda jilmayib turadi».
V) «To`g`risi, o`zimning kayfiyatim yomon bo`lganida, boshqalarning holati bilan qiziqmayman».
3. Ko`ngil qo`yganingiz qaysidir xatta-harakatingizga qoyil qoldi va sizga tahsin aytmoqda...
A) «Uning fikri men uchun naqadar muhim ekanin ta`kidlayman».
B) «Oddiy holdek qabul qilaman».
V) «Ko`nglim ko`tarilganini aytib, minnatdorchilik bildiraman».
4. Bir-biringizga biror sababsiz ham sovg`a berib turasizlarmi?
A) «Ha, tez-tez shunday bo`ladi».
B) «Kamdan-kam bo`lsa ham, besabab sovg`a berib turaman».
V) «Aslida, o`zim unga katta sovg`aman. Ortiqcha xarajatga o`rin yo`q, menimcha».
5. U qaysi taomni sevib tanovul qilishini aniq bilasizmi?
A) «Bu haqda so`ramagan ekanman...»
B) «Nafaqat bilaman, balki, ularni tayyorlashni ham eplayman».
V) «So`raganman-u, lekin hozir yodimda yo`q».
6. Sevib qolganingizdan keyin hayotingizda qandaydir o`zgarishlar sodir bo`lgandir balki?
A) «Hech qanday o`zgarish bo`lgani yo`q. Haliyam o`sha-o`shaman».
B) «Atrofdagi hamma meni mijg`ovlikda ayblayapti. Bitta gapni qayta-qayta takrorlayverarkanman».
V) «Dugonalarim men bilan gaplashish yanayam qiziqroq bo`lganini aytishayapti».
7. Sevgilingiz kurakda turmaydigan hazili, qilig`i yoki gaplari bilan g`ashingizga tegishni boshladi...
A) «Yo`q, aytmasam portlab ketaman».
B) «Yuziga aytib yubormaslik uchun zo`rg`a o`zimni tutib turaman».
V) «Chidayman. To`g`risini aytganda o`zim ham ba`zida shunday qilishim mumkin».
8. Oxirgi paytlarda u sizga xiyonat qilayotgandek tuyulayapti...
A) «O`zi bilan gaplashib, hammasiga oydinlik kiritib olaman».
B) «Faqat tuyulayotganining o`zi undan shubha qilishimga asos bo`lolmaydi».
V) «Har qanday vaziyatda ham menga sodiqligiga ishonaman».
Natija:
0-20 ball: O`zingizni sevasiz, faqat o`zingizni!
Albatta ikkingizning o`rtangizda o`ziga xos magnit bor. U bir biringizni tortib turadi. Biroq bu munosabatlarni muhabbat deb atasak ozroq mubolag`a qilgan bo`lamiz. Yigit sizning barcha istaklaringizni so`zsiz amalga oshirayogani uchungina «Uni sevaman» deb o`ylayotgandirsiz ehtimol? Bizningcha esa siz hammadan ham ko`proq o`zingizni sevasiz. Tan oling axir uning muammolari sizni deyarli qiziqtirmaydi-ku. Biror marta «U hozir nima haqida o`ylayapti» degan fikr xayolingizga kelganmi? Munosabatlaringiz uzoq muddat davom etmasligining ehtimoli yuqori. Biroq buning ham ijobiy tomoni mavjud. Kelgusida chindan ham yuragingizni hayajonga sola oladigan insonni uchratish imkoniyatingiz ortadi.
21-33 ball: Orangizda mustakam do`stlik
O`rtangizdagi hurmat va o`zaro ishonch muhabbatdan ko`ra ko`proq do`stlikni yodga soladi. Ishda yoki o`qishda biror noxushlik yuz berganida ham, hayratga tushsangiz yoki kayfiyatingiz yo`qligida ham birinchi bo`lib u bilan o`rtoqlashasiz. Uning yutuq va kamchiliklarini ham sizdan yaxshi biladigan inson kam. Biroq munosabatlaringizga jo`shqinlik va hayajon etishmayotgandek. Odatda munosabatlarni siz yo`naltirib turarsiz. Oson til topishishingizga qaramay munosabatlaringiz birgalikda kino tomosha qilishdan nariga o`tmasligining ehtimoli yuqori.
34-48 ball: Qalbingizda muhabbat kurtak yozibdi
Ikkingizni chuqur va yoqimli tuyg`ular birlashtirib turadi. Bir-biringizsiz hayotingizni xatto tasavvur ham qila olmaysiz. Sevgilingizning har bir odati, har bir harakatini yaxshi ko`rasiz. Unga shunchaki boqib ham bir olam zavq olishingiz mumkin. Ba`zida xotirangiz sustligi bois yoringiz xush ko`radigan eguliklar haqida ma`lumotlarni unutarsiz, balki. Ammo aynan shunday mayda-chuydalar munosabatlarga iliqlik va quvonch baxsh etishini ham inobatga olib qo`ying.
MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz