Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Qanday qilib miyani ijobiy fikrlashga majburlash mumkin?
Qanday qilib miyani ijobiy fikrlashga majburlash mumkin?

Qanday qilib miyani ijobiy fikrlashga majburlash mumkin?

Qanday qilib miyani ijobiy fikrlashga majburlash mumkin?
Yomon xayollardan qutulish ancha qiyin bo‘ladi. Bu diqqatni bir joyga to‘plash va mashqlar bajarishni talab qiladi. Lekin ijobiy fikrlashga yo‘naltirishga yordam beruvchi bir necha usullar bor.

Miya bizga yomon xotiralarni va og‘ir tajribani unutishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu bilan u bizni o‘tmishdagi xatolarni takrorlashdan himoya qilmoqchi bo‘ladi. Lekin salbiy fikrlar yaxshi narsalarni ko‘rishga, har bir kun uchun quvonishga va baxtli yashashga imkon bermaydi.

Ijobiy fikrlashga o‘rganish uchun quyidagi usullarni sinab ko‘ring.

O‘zingizni salbiy fikrlar boshqarishiga yo‘l qo‘ymang

O‘z salbiy hissiyotlaringizni ozod qiling. Unga kuch-qudratingizni to‘xtatib turishiga va sizni pastga tortishiga yo‘l bermang. O‘z aqlingizni nazorat qiling. O‘zingizning qayg‘uli holatingizni va salbiy fikrlayotganingizni sezsangiz, diqqatingizni boshqa yaxshiroq narsalarga yo‘naltiring. Sizga quvonch bag‘ishlaydigan narsalarni eslang.

Evaziga ko‘proq olish uchun ko‘proq fido qiling

Biz boshqalarga qanchalik marhamatli bo‘lsak, o‘zimiz shunchalik baxtliroq bo‘lamiz. Kimgadir unchalik katta bo‘lmagan sovg‘a bering yoki uni maqtang, begona kishiga bir piyola choy sotib oling yoki yordam bering. Odamlar sizdan minnatdor bo‘lishadi va bu sizga quvvat bag‘ishlaydi.

Ayni lahzalardan zavqlaning

Fikrlarni butunlay qayta dasturlash uchun har bir kuningizni ijobiy hissiyotlarga to‘ldirish kerak. Shu yerda va bugungi kun bilan yashang. O‘tmish bilan emas. Ertangi kun bilan emas. Va hatto oldinda turgan ta’til bilan ham emas.

Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling:

Hozirning o‘zida nimadan minnatdorman?

Hozirning o‘zida quvonchliroq va quvnoqroq bo‘lish uchun men nima qila olaman?

Hozirning o‘zida o‘z sevgim va minnatdorchiligimni qanday namoyish qila olaman?

Hozirning o‘zida boshqa odamni qanday baxtli qila olaman?

Siz o‘z fikrlaringizni nazorat qilishni o‘rganishingiz bilan miya bunga ko‘nikadi, shunda ijobiy fikrlash siz uchun tabiiy holatga aylanadi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: