TO`YIMGA IKKI HAFTA QOLDI

TO`YIMGA IKKI HAFTA QOLDI

TO`YIMGA IKKI HAFTA QOLDI
Har bir qiz to`yi kuni chiroyli va betakoror ko`rinishni istaydi. Axir yuzlab odamlarning nigohiga bardosh berish, ularning qarshisidan boshini baland tutib o`tish oson ish ekanmi? Albatta, bunga ko`p mehnat talab etiladi, lekin uddalash mumkin. Keling, vaqtni bekor ketkazmaymiz-da, qog`oz-qalam olib, qilinishi lozim bo`lgan ishlarni rejalashtirib olamiz.

Ikki hafta bor: tatuaj va «rastushyovka» uchun vaqt topishimiz kerak

Tushunamiz, ko`ylak tiktirish, bozorga tushishdan vaqt orttirishingiz mushkul. Biroq tayyor turavering, bundan keyin ishingiz ko`paysa ko`payadiki, aslo kamaymaydi. Tongdan to bozor yopilguncha aylanaverib, oyoqlaringizda oyoq qolmaydi, uyga qaytgach, albatta, moychechakli vannochkalar qilib turing. Oftobda qorayib ketmaslik uchun esa SPF-50 deb yozilgan krem, tonal krem yoki upalardan foydalaning. Yangi xonadonga borganingizda esa ertalabki pardoz uchun vaqt ketkazmaslik uchun tatuaj yoki «rastushyovka» qildirishning ayni payti. Bunda qoshingizni bir necha yilga etadigan qilib bo`yatishingiz, ko`zingizning ustiga chiziq chizdirishingiz, labning atrofiga kontur chiziq chizdirishingiz yoki labning o`zini bo`yatishingiz mumkin. Ko`p qizlar qoshimni to`yim kuni terdiraman, deb oyoq tirab turib olishadi. Biz esa bu fikrni ko`pam yoqlamaymiz. Masalan, ba`zilarning qovoq terisi juda nozik bo`ladi, to`y kuni qosh terilganida esa qovoqlar shishib, qizarib qoladi. Shuning uchun tavsiyamiz bu ishni avvalroq bajaring, kamida to`yga bir hafta qolganida.

Bir hafta qoldi: terimizni tozalaymiz

Roppa-rosa bir hafta o`tib, vizajist kursisida o`tirgan bo`lasiz. Pardozingiz betakror ko`rinishi uchun ega harakatni hozirdanoq boshlang. Ya`ni yuzdagi qora nuqtalardan xalos bo`lish, ortiqcha yog`lanmasligi uchun niqoblar qilish, xullas terini tozalash muolajasini o`tkazish tavsiya etiladi.

6 kun qoldi: sochimizni bo`yaymiz va kestiramiz!

Kelin obrazini yaratishda sochlaringizning ahamiyati katta. Agar ularning rangini yoki turmakning shaklini o`zgartirishga qaror qilgan bo`lsangiz, bu ishni nikoh oqshomidan bir necha kun avval bajarganingiz ma`qul. Bilib bo`ladimi, mabodo, biror narsa ko`nglingizga o`tirmasa, vaziyatdan chiqish uchun etarli vaqt qolishi kerak-da.

5 kun qoldi: kipriklarni tartibga keltiramiz

Uzun kipriklari bilan yangi oila a`zolarini hayratda qoldirishni istagan qizlar uchun kiprik yopishtirish amaliyotini taklif qilamiz. Kutilgan sanaga besh kun qolganida bu amaliyotni o`tkazsangiz, elim ta`sirida ko`zning qizarishi va shishishi kabi salbiy holatlar o`tib ketadi.

4 kun qoldi: pedikyur uchun qulay fursat

«Chaqqongina kelinim» deb maqtashlari uchun oyoqlaringizga alohida e`tibor berishni unutmang. Ularni parvarishlashga uyda vaqtingiz bo`lmasa, mutaxassiga murojaat qilganingiz afzal.

3 kun qoldi: epilyasiya yoddan chiqmasin-a...

O`zingiz bilasiz bu amaliyot teri uchun katta stress. Shunday ekan teri tinchlanishi uchun biroz vaqt talab etiladi. Ba`zida amaliyotdan so`ng yarachalar, terida achishish va qizarish kuzatilishi mumkin. Shuning uchun epilyasiyani oxirgi kunga qoldirmang. Vaqtliroq harakatingizni qilganingiz yaxshi.

2 kun qoldi: tajriba o`tkazishni to`xtatamiz

Shu kungacha barcha muolajayu amaliyotlarni qilib bo`ldingiz. Endi teringizga dam bering. Kimlardandir eshitgan uy sharoitida tayyorlanadigan yangicha “super” natija beradigan niqoblarni bajarib o`tirmang yana. Allergiya berib qolsa nima qilasiz? Juda ko`nglingiz bo`lmasa, kosmetik loydan tayyorlangan niqoblarga murojaat qila qoling.

1 kun qoldi: taomnomaga diqqat qilamiz

Odatda, qizlar hayajonni bosish ko`p miqdorda egulik tanovul qilishadi yoki suv ichishadi. Biroq yuvilmagan meva eb qo`ysangiz, yoki tinchlanish uchun ko`p miqdorda shokolad iste`mol qilsangiz, to`y kuni turli noxushliklar yuzaga kelishi mumkin. Ko`p miqdorda suv ichganda esa qovoq atroflari shishadi. Biroq umuman ovqatlanmay qo`yish ham noto`g`ri. Bunda teringiz so`lg`in ko`rinishga keladi. Shuning uchun, albatta, ovqatlaning. Faqat me`yorida.

MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: