Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » ​​Saharlik va iftorlik dasturxoningizga!
​​Saharlik va iftorlik dasturxoningizga!

​​Saharlik va iftorlik dasturxoningizga!

  • Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
  • Название: ​​Saharlik va iftorlik dasturxoningizga!
  • Дата релиза: 27-05-17, 16:03
​​Saharlik va iftorlik dasturxoningizga!

«Quyosh botganda» salati

Tovuq va yashil loviyadan mazali egulik

Zarur masalliqlar: 500 gr. yashil loviya, 250 gr. tovuq go`shti, 1 ta kizil bulg`or qalampiri, 1 ta piyoz, 4 osh qoshiq o`simlik yog`i; sous uchun: 50 ml. suv, 2 osh qoshiq balzam sirkasi, ta`bga ko`ra tuz, garmdori va shivit.

Tayyorlanishi: 1. Yashil loviyani tuzli suvda 2 daqiqa qaynatib oling, yumshab ketmasin. Tovuq go`shtini uzunchoq shaklda kesib olib, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring.

2. Piyoz va bulg`or qalampirini ham somoncha shaklida to`g`rab, tovuqdan qolgan yog`da qovuring. So`ng yashil loviyani ham solib, yana 5 daqiqa olovda qoldiring.

3. Tovuq va sabzavotlarni bir idishga solib aralashtiring.

4. Sous uchun mo`ljallangan mahsulotlarni aralashtirib, salat ustiga quying-da, yana bir bor yaxshilab aralashtiring.

6 kishilik

40 daqiqa


Olxo`ridan tuhfa

Qaynonangizning ko`nglini olish uchun taklif!

Zarur masalliqlar: 600 gr. olxo`ri, 500 gr. un, 200 ml. smetana, 120 gr. shakar, 100 gr. sariyog`, 50 gr jigarrang shakar, 2 dona tuxum, 15 gr. xamiryumshatgich, bir chimdim vanilin, tuz.

Tayyorlanishi:

  • Xona haroratida yumshatilgan sariyog`ni shakar, vanilin va tuz bilan aralashtiring. Tuxumlarni donalab solib, har birini 1 daqiqadan mikserda aralashtiring.
  • Endi smetanani qo`shasiz-da, mikserda aralashtirishda davom etasiz. Arlashmaga xamiryumshatgich va elangan unni soling-da xamir qoring. Xamir yumshoqqina bo`lsin, qo`shimcha un qo`shmang.
  • Xamirni 1 sm. qalinlikda yoyib, pishiriq qog`ozi solingan patnisga joylashtiring. Olxo`ri ikki pallaga ajratib, donagini olib tashlang-la, xamir ustiga terib chiqing. Keyin ustiga sochiq yopib issiq joyga 1-2 sotga qo`ying.
  • Olxo`rilar ustiga jigarrang yoki oddiy shakardan sepib, 200 darajada qizidirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishirib oling. Olxo`rili, mazali va orginal pirog pishdi, osh bo`lsin!

5 kishilik

3 soat


Qo`ziqorinli taom

Nozik mehmonjonlar tashrif buyurganda…

Zarur masalliqlar: 4 bo`lak tovuq go`shti (suyaksiz qismi), 4 ta qo`ziqorin, 200 gr mayonez, 100 gr. pishloq, yarim bog` ko`kpiyoz, tuz, murch.

Tayyorlanishi:

  • Go`shtning ustiga qalinroq sellofan yopib, bolg`acha bilan urib, yumshatib oling. So`ng tuz, murch sepib, ikkala tomoniga ham mayonez surting.
  • Qo`ziqorinning bosh qismiga pishloq bo`lagini joylab, go`sht bo`lagining o`rtasiga qo`ying. Ustiga sariyog` bo`lagini qo`yamiz. Shunda go`sht yanada shirador bo`ladi.
  • Go`shtni tugib, tishkovlagichlar bilan mahkamlang. Yana mayonezdan surtib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga qo`ying.
  • Taomni ko`kpiyoz bilan bezab, dasturxonga torting.

4 kishilik

1 soat


Italyancha pomidor

Engilgina tamaddiga tobingiz qalay?

Zarur masalliqlar: 100-150 gr. pishloq, 2-4 ta pomidor, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, mayonez va tuz.

Tayyorlanishi:

  • Yuvilgan pomidorlarni parrak qilib to`g`rang. Yassi likopchaga pomidorlarni joylab chiqing. Ozroq tuz seping.
  • Sarimsoqpiyozni ezing-da, mayonez bilan aralashtiring. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazing.
  • Іar bir pomidor ustiga sarimsoqpiyozli mayonezdan surtib chiqing. So`ng pishloqdan sepib, ko`katlar bilan bezang. Italyancha pomidorlar tayyor!

4 kishilik

5 daqiqa


To`yimli pirog

Saharlikka tayyorlab qo`ying!

Zarur masalliqlar: 400 gr. oshirma xamir, 350 gr. karam, 1 ta qizil sabzi, 1,5 osh qoshiq tomat, yarim stakan suv, 1 ta dafna bargi, 3 4 osh qoshiq o`simlik yog`i, ko`kpiyoz, tuz, murch.

Tayyorlanishi:

  • Karamni maydalab uzunchoq shaklda to`g`rang, sabzini esa katta tishli qirg`ichdan chiqarib oling.
  • Qizdirilgan o`simlik yog`iga, karam va sabzini soling. Bir necha daqiqa qovurib, ozgina suv soling-da, dimlang.
  • 10 daqiqadan so`ng qolgan suv va tomatni qo`shib, yana 10 daqiqaga dimlaysiz. Tayyor bo`lishiga oz qolganda tuz, murch va dafna bargini solib yuboring. Keyin pishgan karamni soviting.
  • Xamirni yoyib gaz pechi patnisiga joylang. So`ng ustiga sochiq yopib, 10-15 daqiqaga qoldiring. Endi karamni solib, 190 darajada qizidirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying. Tayyor bo`lgan pirog ustiga ko`kpiyozdan seping.

5 kishilik

60 daqiqa


Mevali desert

Kechki sayrdan so`ng ayni muddao

Zarur masalliqlar: 250 gr. qulupnay, 200 gr. olcha, 150 grammdan plombir muzqaymoq va mevali yogurt, 4 ta o`rik, 2 ta kivi.

Tayyorlanishi:

  • O`rikni parrak shaklda kesib oling. Qulupnayni yuvib, quritib olgandan so`ng 4 bo`lakka bo`ling.
  • Kivini po`stidan tozalab, ikkiga so`ng esa ingichka qilib bo`lib chiqing. Olchani ham danagidan tozalab, mayda bo`laklarga bo`ling.
  • Barcha mevalarni bir idishga solib aralashtiring. Xona haroratida turgan muzqaymoq va yogurtni yaxshilab aralashtiring. Mevalarni chiroyli shisha idishga soling-da, ustiga muzqaymoqli aralashmani quying. Oilaviy sayrdan kirguncha muzlatkichda tursin. Bir paytning o`zida ham yaxna, ham vitaminlarga boy desert tayyor.

2 kishilik

20 daqiqa


Manba: Darakchi.uz


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: