Ko'rganlarim

Ko'rganlarim

Ko'rganlarim
Onalar bolam desa
Bolasi bolam derkan.
Onasin o'ylamaslar
Farzandin g'amin yerkan.

Shunday o'tarkan hayot
Suv ham oqarkan soyga.
Kambag'al qolib chetda
Boy ham boqarkan boyga.

Ota yumush buyursa
Qovog'in uyganlar bor.
Yori buyum so'rasa
Beminnat qilar tayyor.

Yig'lab tursa farzandi
Eng yaxshi taom yerkan.
Ota-ona yig'lasa
Qarilik qursin derkan.

Xonasida telvizor
So'nggi rusum ishlaydi.
Ota-ona burchakda
Qotgan nonni tishlaydi.

Shundaylar bor ranjiman
Oramizda yuradi.
Yana juma kunlari
Masjidga yuguradi.

Ish-yumushdan ortmaydi
Ota-ona ortiqcha.
Nasixatin olmaydi
Xatto biror tariqcha.

Ota-ona besh farzand
Boqa olar beminnat.
Shu farzandlar bir ona
Boqolmas qilib toqat.

Ko'zingni och odamzot
Ota-onang keksaydi.
So'ragin nima kerak
Ko'ngli neni tusaydi.

Bolaliging chog'ingda
Yig'lab tursang yupatgan.
O'zi qotgan nonni yeb
Senga kastyum-shim olgan.

Onalar bolam desa
Bolasi bolam derkan.
Bolalar asfalt yo'lda
Onalar bosar tikan.

Suv ham oqarkan soyga
O'yla oxirating ham.
Boramiz bitta joyga
Boy,kambag'al bo'lsak ham.

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza..

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: