Главная » ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR » ONA O‘GʻLINGIZDAN OLMANG XAVOTIR
ONA O‘GʻLINGIZDAN OLMANG XAVOTIR

ONA O‘GʻLINGIZDAN OLMANG XAVOTIR

  • Категории: ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
  • Название: ONA O‘GʻLINGIZDAN OLMANG XAVOTIR
  • Дата релиза: 07-10-21, 22:41
ONA O‘GʻLINGIZDAN OLMANG XAVOTIR
Bolam , seni juda sog‘inib ketdim,
Ko‘zlarim intizor , yo‘llaring kutdim,
Deysizu, men sizni qanday ovuutdim?!
Dilimga siylai rahimlar jodir,
Ona, o‘g‘lingizdan olmang xavotir.

Oynadan qarayman , begona shahar,
Uyg‘otar edingiz erta, tong sahar,
Tashvishimni qilib to‘ymas mushtipar,
Siz bor atrofimda toza havodir,
Ona, o‘g‘lingizdan olmang xavotir.

Yutib yubormasa bo‘ldi uylari,
Osmonni uraman deydi bo‘ylari,
Odamlar odammas, chumoli bari,
Chumolizorlarda bolangiz bordir,
Ona , o‘g‘lingizdan olmang xavotir.

Qo‘ng‘iroq qilaman, titroq ovozim,
Onaga bag‘ishlov bezar qog‘ozni,
Borib qolamanov bahormi, yozmi,
Men bilan nimayam bo‘lardi sodir?
Ona, o‘g‘lingizdan olmang xavotir.

Hali bag‘ringizga qaytaman , Ona,
O‘shanda bir manzil aytaman , Ona,
Shodiyona bo‘lar, to‘yu tantana,
Doim qo‘llagaydir Rahmoni Qodir,
Ona , o‘g‘lingizdan olmang xavotir.

Dilimga siylai rahimlar jodir...

Abdumutalib Ergashaliyev

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: