Onajon

Onajon

Onajon
Qalbingiz qo'rida so'lim go'sha bor,
Mehrlar oqimida qaxr istisno.
Sabringiz tagida ulkan bardosh bor,
Ajrlar yog'dusi taratar ziyo.

Yig'ilgan xasratning xar qarichida,
O'tmishni yig'latgan xaqiqati bor.
Oqargan sochlarning ming tolasida,
Yoshlikni tuymagan laxzalari bor.

Kaftingiz tutashgan chiziqlarida,
Mexnatda qotmagan issiq tafti bor.
Bukilgan qaddingiz maxobatida,
Charchoqni bilmagan jasorati bor.

Umidlar ummonida xali onajon
Roxatni ochmagan kitoblari bor.
Xayotning uzluksiz sinovlarida,
Rabimning atagan in'omlari bor.

Xovlimiz to'rida xushta'm rayxonning,
Taralgan iforda onam isi bor.
Tandirmi, qozonmi, qumg'onlarida,
Qo'llari siypagan xarorati bor.

Yusupova Zulfiya.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: