Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Avvalari sevgi juda shirin edi
Avvalari sevgi juda shirin edi

Avvalari sevgi juda shirin edi

Avvalari sevgi juda shirin edi
Avvalari sevgi juda shirin edi.
Tuyg'ulari ko'zlarda yashirin edi.
Sevishardi bir oyda ham bir ko'rmayin,
Avvalari sevgi juda shirin edi.

Hozir uning izlarini xazon bosdi.
Alam bosdi, hijron bosdi, armon bosdi.
Muhabbatning haq yo'lini yolg'on bosdi.
Avvalari sevgi juda shirin edi.

Talpinardi sevishganlar bir-biriga,
Qarolmasdi ko'rib qolsa ko'z qiriga,
Muhabbati bitilardi taqdiriga,
Avvalari sevgi juda shirin edi.

Oshiqlarning qalami ham o'tkir edi.
Sevgan odam g'aribdan ham botir edi.
Yori uchun har ne ishga qodir edi.
Avvalari sevgi juda shirin edi.

Hozir sevgi ilonlarning qo'lidadir.
Soxtalikda qirollarning qo'lidadir.
Asirlikda, shaytonlarning qo'lidadir.
Avvalari sevgi juda shirin edi.

Telbalarcha sog'inishlar qayda qoldi.
Quyoshdami yoki yarim oyda qoldi.
Chin muhabbat ertak degan joyda qoldi.
Avvalari sevgi juda shirin edi.

Yorni deya kuyganlari rohat edi.
Yorini bir ko'rib qolsa omad edi.
Turmushiga aylansa gar jannat edi.
Avvalari sevgi juda shirin edi.

Peshonamni shaytonlarga o'ptirdim men.
Sevib qolib yuragimni o'pirdim men.
Bu zamonning sevgisiga tupurdim men.
Avvalari sevgi juda shirin edi.

Muallif: Bekzod Sulton

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: