Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Bir jonim ming boʻlib qiynaydi firoq
Bir jonim ming boʻlib qiynaydi firoq

Bir jonim ming boʻlib qiynaydi firoq

Bir jonim ming boʻlib qiynaydi firoq
Soniyalar yildek choʻzilgan onlar,
Koʻnglimning koʻchasi yorishmagan chogʻ.
Dilim oʻrtaganda shubxa-gumonlar
Sukunatni buzib qilding qoʻngʻiroq.

O, tanish raqamlar...yuragim sasin
Eshitdi nazdimda zamin-u samo.
Lekin goʻyo senda bordayin qasdim.
Bir ogʻiz kalomim aytmadim ammo.

Bilaman, senga koʻp beraman ozor
Toʻkilib boryabman armonlarimdan.
Seni yerda yoʻqotib takror va takror.
Topib olavergum osmonlarimdan.

Bir bor sevishing ayt, umid ber deysan
Sob boʻldim aytolmay sogʻinishimni.
Sen qaydan bilasan, seni deb yashab,
Seni koʻrmay qolsam ogʻrinishimni.

Bir jonim ming boʻlib qiynaydi firoq,
Tanlovim ishq, ortga qayta olmayman.
Seni dunyolarga alishmam, biroq.
Buni hecham senga ayta olmayman.

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: