Men va Sen

Men va Sen

Men va Sen
Men - dunyodan ranjidim.
Sen - dunyoda avjiding.
Men - dunyodan pand yedim.
Sen - dunyoda qand yeding.

Men - sevgidan norozi,
Yuragimni sindirdim.
Telbamanda o'zimni,
Ayriliqqa ko'ndirdim.

Sen - o'zingga mubtalo,
Sevgi senga begona.
O'ylamaysan boshqani,
Misoli sen yagona

Men - ko'zlaring shaydosi,
Sen - yuragim adosi,
Men - muhabbat elchisi,
Sen - alamlar kuychisi,

Men - bechora bir qulman.
Bu dardisar ishqingda,
Bilolmadim, kim yashar,
Sening ko'ngil-ko'shkingda!

Sen - qalbimning qotili,
Asli qonxo'r ekansan.
Qalbing tishlari bilan,
Yuragimni yegansan.

Men - sevgida beozor,
Sen - sevgida dilozor!
Men - sog'inib kutguvchi,
Sen - unutib ketguvchi!

Men - visolning rasmini,
Ko'rolmagan bir telba!
Sevgisini oshkora,
Aytolmagan bir telba!

Sen - hijronga yo'g'rilgan.
Dardlarim sababchisi!
Ko'ksimdagi yuvilmas,
Gardlarim sababchisi!

Men - sevib baxt ko'rmagan.
Sen - umrida sevmagan.
Men - shunchalar ko'ngli bo'sh!
Sen - shunchalar bag'ritosh!

Men - o'zimga sig'magan,
Dunyoga sig'armidim.
Agar seni sevmasam,
Shu she'rni yozarmidim!

Sen - qalamdan to'kilgan,
Ko'ngilning ilhomisan.
Shoir Bekzod Sultonni,
Eng buyuk armonisan!

Muallif: Bekzod Sulton

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: