Nigohlar

Nigohlar

Nigohlar
Menga ishqingizdan bo‘lganda ogoh,
E’tibor bermadim dil ohingizga.
Ko‘zingizga ko‘zim tushdi-yu nogoh,
Ko‘ngil berib qo‘ydim nigohingizga.

Yurak qoni ila bitsangiz ash’or,
O‘qidim-u tanda turmadi titroq.
Hayajonda sevgi etsangiz izhor,
Menchi, nigohingiz o‘ylardim ko‘proq.

Sezganmisiz balki o‘zingiz ham yo‘q,
Qaro ko‘zingizda bor edi mehr.
Bir boqsa yurakka qadar edi o‘q,
Muhabbat yashardi, jo edi sehr.

Bilib-bilmay ko‘nglim beribman e voh,
Shirin xayollarga asir va bandi.
Bir kun barchasidan bo‘lganda ogoh,
Yuragim..
Lovullab-lovullab yondi.

Sotdingiz ne uchun ishqni arzonga,
Tangrim o‘zi o‘tsin gunohingizdan.
Asir bo‘libman-da soxta yolg‘onga,
Oxir kuyib qoldim, nigohingizdan...

Dilobar Uralova

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: