Unutamiz

Unutamiz

Unutamiz
Ozor berib ko'p og'ritdik ko’nglimizni,
Vafo nima bilmay jafolar yutamiz.
Bir kun ishq uvoli urar ikkimizni,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Ahir mensiz yashay olasan bu ayon,
Men ham sensiz yosholaman etmay bayon.
Bizlar birga bo'la olmaymiz hech qachon,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Har kun janjal har kun achchiq so'zlar bilan,
Ko’nglimizni bir-biridan sovutamiz.
Bizga baxtli bo'lmoq qismat emas ekan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Bir kun baribir sevgimiz topar barham,
Bir-birimiz tushunmasdan har kun janjal.
Bizga g'ururimiz ustun sevgimizdan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

O'rtamizga qo'yib shartlar qo'yib qoida,
Ayb topamiz doim arzimagan joydan.
Bir-birimiz aldashdan ayt nima foyda,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Bilmaysanda pinhon yig'lab ko'zyosh yutdim,
Bir kun bari yaxshi bo'lar diya kutdim.
Sabrim sindi tushun meni charchab ketdim,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Nuqta qo'yaylik bariga yaxshi bo'lar,
Balki dillar bu qarorga qarshi bo'lar.
Bugun bas qilaylik ertaga kech bo'lar,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutaylik.

So’nggi so'zim shudir senga baxtli bo'lgin,
Mendan ololmagan mehr baxtni ko’rgin.
Faqat sendan bittagina o’tinchim,
Komolani har zamonda eslab turgin.

Komola Qiz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: