Xazonlar

Xazonlar

Xazonlar
Xazonlar
Biz yurgan yo`llarda bugun xazonlar
Dilimga berdingku yana ozorlar
Hayotimga to`lib ketdi yolg`onlar
Armonlar

Ketasan o`zgani qo`lidan tutib
Mani sof sevgimni darrov unitib
Shunaqami endi hozirgi sevgi
Ketasan birovni bo`lsa ko`p puli

Agar bilsang sandan kutmovdim buni
Boshida aytib qo`ysang bo`lardiku shuni
O`shanda man sanga mehrim bermasdim
Birga yurardimu lekin sevmasdim

Gul o`rniga kerakmidi ayt soxta pullar
Avaylamay quchsinmidi eh o`sha qo`llar
Ehtirosli so`zlasinmi tunlari tillar
Yitar deya o`ylagandim shirin suhbatlar

Sabr qilsang to`ydan keyin bo`lardi bari
Ehtirosli erkalashlar ko`p shirin damlar
Nomahramni quchib ahir erkalash gunoh
Buzilmasin hayoling deb o`ylab yurgandim

Bilsam sanga qiziq ekan shunaqa hayot
Tunlar tungi klublarda yurishlar daydib
Endi o`zim sanga xushtor bo`laman
Ko`ngling qanday olishni yaxshi bilaman

Oldinlari oddiy va sodda eding
Ko`chada kattalarga salom berarding
Hozi yuzlaringda qolmabdi uyat
Avvalari uzun milliy libos kiyarding

Xazonlar
Biz yurgan yo`llarda bugun xazonlar
Dilimga berdingku yana ozorlar
Hayotimga to`lib ketdi yolg`onlar
Armonlar

Pachka pachka pullarni solib cho`ntega
Manam yurolaman lasetti kaptivada
Manga u narsaladan ayt nima foyda
Ming shukr hammasi manda joyida

Oddiygina bolaman oddiy yashayman
Qurumsoq boylani ko`rsam asabiylashaman
Uyalmayman sira halol mehnatdan
Ollohim asrasin deyman minatdan

Qisqasi arzimading mani sevgimga
Armonlar joylading eh yuragimga
Achindim to`grisi man hayotinga
Oxiri neligin bilganim uchun

O`ylama san siz ham kunim o`tadi
Vaqt o`tib yuragim ham unitadi
Oldinda orzular mani kutadi
Sani esa oshiqlaring tashlab ketadi

Xazonlar
Biz yurgan yo`llarda bugun xazonlar
Dilimga berdingku yana ozorlar
Hayotimga to`lib ketdi yolg`onlar
Armonlar
04.01.2021

Muallif:Abdulla Murodulla

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: