Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Yana meni qiynagani keldingmi?
Yana meni qiynagani keldingmi?

Yana meni qiynagani keldingmi?

Yana meni qiynagani keldingmi?
Sevganimda sevmaganding eslab ko'r,
Kech boʻlganda endi qadrim bildingmi?
Yolgʻon qoʻshmay so'zla menga rostini,
Yana meni qiynagani keldingmi?
Yo baxt bilan siylagani keldingmi?

Koʻz yoshlaring endi o'zing artib ol,
Sen ham menday azoblanib yondingmi?
Ketaqolgin oʻzi nima maqsading?
Yana meni qiynagani keldingmi?
Yo baxt bilan siylagani keldingmi?

Kechiring deb yuragimni qiynama,
Bu yuragim hastaligin sezdingmi?
Nega mayus boqib qarab turibsan,
Yana meni qiynagani keldingmi?
Yo baxt bilan siylagani keldingmi?

Sen ketganding bir soʻz demay jimgina,
Yuragimga sanchib go'yo bir igna,
Sen kelding deb qilaymi yo tantana,
Yana meni qiynagani keldingmi?
Yo baxt bilan siylagani keldingmi?

Rosti ko'nglim hamon seni qoʻmsaydi,
Senla oʻtgan oʻtmish unut bo'lsaydi,
Dili kuygan Qodir takror soʻraydi,
Yana meni qiynagani keldingmi?
Yo baxt bilan siylagani keldingmi?

MUALLIF: QODIR QAXXOR

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: