Yig'lasam maylimi

Yig'lasam maylimi

Yig'lasam maylimi
Yuragim azoblar oʻyib ketganda,
Taqdir ustimdan hoʻp kulib ketganda,
Soʻz kelmay koʻzga yosh toʻlib ketganda,
Yigʻlasam maylimi,toʻyib yigʻlasam?!

Yupatmang! Bir kunga meni tinch qoʻying,
Sizni ham yigʻlatmay, narirogʻ turing,
Hohlasanggiz mayli ustimdan kuling,
Yigʻlasam maylimi toʻyib yigʻlasam?!

Sabrimning kosasi toʻlib, toshganda,
Ba'zilar oʻylamay haddan oshganda,
Koʻzlarim mavjlanib, oqib, shoshganda,
Yigʻlasam maylimi toʻyib yigʻlasam?!

Sirtimda kulishdan charchadim doʻstlar!
Bahtlidek yurishdan charchadim doʻstlar,
Indamang bir kunga mavjlansin koʻzlar,
Yigʻlasam maylimi toʻyib yigʻlasam?!

Erta tong sahardan kulib uygʻonib,
Yuraman yolgʻondan baxtdan quvonib,
Bu tunga iltimos, soʻray yolvorib,
Yigʻlasam maylimi toʻyib yigʻlasam?!

Dildagi dardlarim bilmaysiz sizlar,
Aytsam yonginamda qolmaysiz sizlar,
Nega yigʻlashimga qoʻymaysiz sizlar?
Yigʻlasam maylimi toʻyib yigʻlasam?!

Mumtozbegim

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: