Yig'loqiginam

Yig'loqiginam

Yig'loqiginam
Yig'la, hovuchimni tutib turaman,
To'lsa, ko'zlarimning kosasiga quy!
Sen yig'lab bo'lguncha jimib turaman,
So'zlarim yarangni tig'lamasin, qo'y!

Yig'la, ko'zyoshlaring yuvsin yuzingni,
Ro'molchani qo'ygin, artma matoga.
Indama, o'zingni o'z holingga qo'y,
Ko'zyoshlaring borib yetsin Xudoga!

Yig'la, ko'zyoshingni artaman o'zim!
Sen qo'rqma, hadikma qilmayman ta'na.
Axir men ularga o'xshamayman-ku,
Olisda ustingdan kulyaptii, ana!

Yig'la, o'shalarga e'tibor berma,
Menga ko'zyoshingdan quyib bergin sen.
Chalg'ima, cho'chima. Hech ikkilanmay,
Ularni Xudoga qo'yib bergin sen!

Yig'la ayamasdan kipriklaringni,
To'xtatma, ko'zyoshing daryoday oqsin.
Dardingdan qo'shib qo'y ko'zyoshlaringga,
Borib boshlariga baloday yog'sin!

Yig'la... faqatgina soxta bo'lmasin,
Yig'lasang chin dildan, yurakdan yig'la!
Seni yig'latganlar yonib to'ymasin.
Yig'lasang, Robbim de, Xudo deb yig'la!

Yig'la, dilginangni qilavergin to'q,
Hech kimdan uyalma yig'la, yig'layver!
O'zimdan o'zgaga keraging ham yo'q,
Yig'loqiginam, yig'la, yig'layver...!!!

Solih Sulton

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: