Birinchi qor
- Категории: YANGI SHERLAR
- Название: Birinchi qor
- Дата релиза: 19-11-20, 21:10
Derazadan atrofga boqsam,
Oppoq qorga ko'zlarim tushdi.
Birdan quvonch vujudim qamrab,
Xorg'in dilga kulgi ulashdi.
Yog'ayotgan oppoq' qorchalar,
Bolalikni yodimga soldi.
Ox bunchalar shirin laxzalar,
Yillar o'tib o'tmishda qoldi.
Seni kutgan jajji bollalar,
Ko'chalarda qo'r bo'ron o'ynar.
Shovqin-surun tinmay avjida,
Tashrifingdan sog'inchlar tonar.
Yerga momiq gilamni to'shab,
Chiroyingni ko'z-ko'z qilasan.
Oy shulasin mahliyo etib,
Tunda kumush-zarga to'lasan.
Shukr Rabbim birinchi qorga,
Shu kunlarga yetmaganlar bor.
Issiq uyda xotirjam ko'ngil,
Ayting yana qanday baxt bor?
Yusupova Zulfiya.
Oppoq qorga ko'zlarim tushdi.
Birdan quvonch vujudim qamrab,
Xorg'in dilga kulgi ulashdi.
Yog'ayotgan oppoq' qorchalar,
Bolalikni yodimga soldi.
Ox bunchalar shirin laxzalar,
Yillar o'tib o'tmishda qoldi.
Seni kutgan jajji bollalar,
Ko'chalarda qo'r bo'ron o'ynar.
Shovqin-surun tinmay avjida,
Tashrifingdan sog'inchlar tonar.
Yerga momiq gilamni to'shab,
Chiroyingni ko'z-ko'z qilasan.
Oy shulasin mahliyo etib,
Tunda kumush-zarga to'lasan.
Shukr Rabbim birinchi qorga,
Shu kunlarga yetmaganlar bor.
Issiq uyda xotirjam ko'ngil,
Ayting yana qanday baxt bor?
Yusupova Zulfiya.
Смс Шерлар