Ey nokas, ey xudbin, ey laganbardor!
- Категории: YANGI SHERLAR
- Название: Ey nokas, ey xudbin, ey laganbardor!
- Дата релиза: 29-10-21, 16:07
Gulni gul demagin, tikon pastida,
Yomg'ir kutganingda, yog'ganida qor!
G'animning mardligi, g'animligida,
Do'st bo'lib qoningni ichguvchilar bor!
G'ayur kimsalarni notovon ko'rma,
Har kimning sirti fosh, qarshisida dor.
Yaqining tilida zahar-zax so'zlar...
Yod bo'lib ko'nglingni olguvchilar bor!
Falonchi nokas deb, falonchi qotil,
Yoningda yor bo'lib, so'yguvchilar bor!
Qarg'ama had ziyod fohisha zotin..
Asl voqelikni ko'rguvchilar bor!
Allohning arshida bitilajak amr!
Taqdir kitobini yozguvchi bil Haq.
G'iybating o'zingga hozir Jahannam,
O'zidan Farishta tizguvchilar bor!
Bir miskin non tilab, gado nomi shon!
Ishrat dengizida suzguvchilar bor.
Alhazar, bu notiq inson zotida,
O'ziga loyiq so'z izlovchilar bor!
Maqsadi manfaat, shaytoniy kufr,
Bir ko'zin berkitib yurguvchilar bor.
Mobodo Xudodan kelmasa to'zim,
Vijdon azobida yonguvchilar bor!
Quroli bir ikki so'zni yod olib,
Hurmatini yerga to'kkuvchilar bor.
Haqiqat bir kuni kelganda g'olib,
O'zining fe'lini so'kkuvchilar bor!
Qarshingda o'zidan yasab bir olim,
Chunonam o'ziga yig'lab, qaratib!
Eshagi loylardan o'tganda chopib,
Senga go'r kavlashga borguvchilar bor!
Nafing tegmasa ham qalbi bir oqil,
Ortingda so'zlashda alplardan botir!
Sen uchun eng go'zal, duoga qodir!
Haq uchun beminnat sevguvchilar bor!
Joningda ishq unsa joniga payvand,
Tomir pomirini g'ijimda naxt......
Oyog'ida tepib, qilmayin shavqat.
Izzatini bir tin qilguvchilar bor!
Nomini ulug'lab, boshingni egsang,
Nomiga noqobil bo'lguvchilar bor!
Kibr osmoniga o'rnashib olib,
Kecha kimligidan qochguvchilar bor!
Ey nokas! Ey xudbin! Ey laganbardor,
Sening ham tilingdan tutguvchilar bor.
Unutma zo'rlarga, zo'r bo'lgan dunyo,
Sen o'lmay, o'rningni bosguvchilar bor!
Gulnoza Alimjonova
Yomg'ir kutganingda, yog'ganida qor!
G'animning mardligi, g'animligida,
Do'st bo'lib qoningni ichguvchilar bor!
G'ayur kimsalarni notovon ko'rma,
Har kimning sirti fosh, qarshisida dor.
Yaqining tilida zahar-zax so'zlar...
Yod bo'lib ko'nglingni olguvchilar bor!
Falonchi nokas deb, falonchi qotil,
Yoningda yor bo'lib, so'yguvchilar bor!
Qarg'ama had ziyod fohisha zotin..
Asl voqelikni ko'rguvchilar bor!
Allohning arshida bitilajak amr!
Taqdir kitobini yozguvchi bil Haq.
G'iybating o'zingga hozir Jahannam,
O'zidan Farishta tizguvchilar bor!
Bir miskin non tilab, gado nomi shon!
Ishrat dengizida suzguvchilar bor.
Alhazar, bu notiq inson zotida,
O'ziga loyiq so'z izlovchilar bor!
Maqsadi manfaat, shaytoniy kufr,
Bir ko'zin berkitib yurguvchilar bor.
Mobodo Xudodan kelmasa to'zim,
Vijdon azobida yonguvchilar bor!
Quroli bir ikki so'zni yod olib,
Hurmatini yerga to'kkuvchilar bor.
Haqiqat bir kuni kelganda g'olib,
O'zining fe'lini so'kkuvchilar bor!
Qarshingda o'zidan yasab bir olim,
Chunonam o'ziga yig'lab, qaratib!
Eshagi loylardan o'tganda chopib,
Senga go'r kavlashga borguvchilar bor!
Nafing tegmasa ham qalbi bir oqil,
Ortingda so'zlashda alplardan botir!
Sen uchun eng go'zal, duoga qodir!
Haq uchun beminnat sevguvchilar bor!
Joningda ishq unsa joniga payvand,
Tomir pomirini g'ijimda naxt......
Oyog'ida tepib, qilmayin shavqat.
Izzatini bir tin qilguvchilar bor!
Nomini ulug'lab, boshingni egsang,
Nomiga noqobil bo'lguvchilar bor!
Kibr osmoniga o'rnashib olib,
Kecha kimligidan qochguvchilar bor!
Ey nokas! Ey xudbin! Ey laganbardor,
Sening ham tilingdan tutguvchilar bor.
Unutma zo'rlarga, zo'r bo'lgan dunyo,
Sen o'lmay, o'rningni bosguvchilar bor!
Gulnoza Alimjonova
Смс Шерлар