Главная » YANGI SHERLAR » Mehr Ko'rmagan Ayol
Mehr Ko'rmagan Ayol

Mehr Ko'rmagan Ayol

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Mehr Ko'rmagan Ayol
  • Дата релиза: 08-02-20, 23:58
Mehr Ko'rmagan Ayol
Guldek turib so'ligan
Mag'rur qaddi bukilgan.
Umidlari uzilgan
Mehr ko'rmagan ayol!

Ko'zlarida tomchi yosh
Tugagan unda bardosh.
Og'ir tuyuladi bosh
Mehr ko'rmagan ayol!

Farzand deb yashagan u
Yosh bo'lib qaridiku.
Hayotida yo'q yog'du
Mehr ko'rmagan ayol!

Erkalikni bilmaydi
Noz karashma qilmaydi.
Unda barchasi mayli
Mehr ko'rmagan ayol!

Fikirlamas ayoldek
Shirin emas u boldek.
O'qib bo'lgan kitobdek
Mehr ko'rmagan ayol!

Buyum kabi yashaydi
Yolg'izlikni istaydi.
Zarra mehr qumsaydi
Mehr ko'rmagan ayol!

Hayot rangsiz tuyular
Qolmas unda tuyg'ular.
Shunday yashaydi ular
Mehr ko'rmagan ayol!

O'ziga yo'q e'tibor
Turmushda ko'rgan ozor.
U ham mehrgadir zor
Mehr ko'rmagan ayol!

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: