Главная » YANGI SHERLAR » Oʻksinma dunyoning tashvishini deb
Oʻksinma dunyoning tashvishini deb

Oʻksinma dunyoning tashvishini deb

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Oʻksinma dunyoning tashvishini deb
  • Дата релиза: 07-10-21, 22:41
Oʻksinma dunyoning tashvishini deb
Oʻksinma dunyoning tashvishini deb
Yigʻlama nomardning mish mishini deb
Ogʻrinma hayotning yoz qishini deb
Koʻrasan hammasi yaxshi boʻladi

Keladi zoʻrlardan zoʻrlari albat
Tugaydi gumonlar tugar malomat
Doʻst boʻlsin sen uchun sabr va toqat
Kòrasan hammasi yaxshi bòladi

Baxt bilan mast qilar kimnidir yori
Kimgadir armondir gòzal diydori
Kelganida bir kun umr bahori
Koʻrasan hammasi yaxshi bòladi

Sajdaga bosh qoʻygin Allohdan soʻra
Umid qil duo qil nolishdan kòra
Iymoningni saqla amalga òra
Koʻrasan hammasi yaxshi boʻladi

Hayot òyin kimdir pastroqda turar
Kimlardir davrida davronin surar
O'n besh yoruq òn besh qaro deydilar
Kòrasan hammasi yaxshi bòladi

Birin yopsang yana turar bir kami
Aytganidek ròzgʻor tòlmas gʻor kabi
Unit boʻlib albat yoʻqchilik gʻami
Kòrasan hammasi yaxshi boʻladi

Nomard doʻstlar mardlik eshigin ochib
Yoningda bòlishar gumondan qochib
Yaratganda qòyganda raxmatin sochib
Kòrasan hammasi yaxshi bòladi

Odilbek Qodirov

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: