O‘ylamang, endi u shoira bo‘ldi
- Категории: YANGI SHERLAR
- Название: O‘ylamang, endi u shoira bo‘ldi
- Дата релиза: 11-11-21, 20:26
O‘ylamang, endi u shoira bo‘ldi,
Intilgan manzili mendan ko‘p yiroq.
To‘g‘ri, she’riyatga shaydoligim rost,
Yozishim sababin bilmaysiz biroq.
O‘ylamang, qaylarga tikilar uzoq,
Kim u dilin o‘rtab, sog‘intirgan yor?
Bir kun ko‘rishmasak, orom begona,
Bir kulib qo‘ysangiz to‘rt misra tayyor.
O‘ylamang, chiroyli baytlar maftuni,
E’tibor, extirom kutar har nafas.
Dunyoning eng go‘zal e’tirofi ham,
"Erkatoy" so‘zidek yoqimli emas.
O‘ylamang, anjuman to‘ri uniki
Siz yo‘q davralarga yarasharmidim.
Mingta guldastani, shohidan uzib,
Tutgan gulingizga almasharmidim.
O‘ylamang, o‘chmaydi, abadiy yonar,
Ko‘nglimga siz tashlab qo‘ygan cho‘g‘-olov.
Garchi atrof to‘la do‘stim, yoronim,
Sizning o‘rningizni bosolmas birov.
O‘ylamang, hislari o‘tkinchi, havas
Yuragimda borin ko‘rib bo‘lsaydi.
To so‘nggi ongacha ilhom bag‘ishlab,
Nafasim tinganda, she’rim to‘xtaydi...
SHAHNOZA RO‘ZIYeVA
Intilgan manzili mendan ko‘p yiroq.
To‘g‘ri, she’riyatga shaydoligim rost,
Yozishim sababin bilmaysiz biroq.
O‘ylamang, qaylarga tikilar uzoq,
Kim u dilin o‘rtab, sog‘intirgan yor?
Bir kun ko‘rishmasak, orom begona,
Bir kulib qo‘ysangiz to‘rt misra tayyor.
O‘ylamang, chiroyli baytlar maftuni,
E’tibor, extirom kutar har nafas.
Dunyoning eng go‘zal e’tirofi ham,
"Erkatoy" so‘zidek yoqimli emas.
O‘ylamang, anjuman to‘ri uniki
Siz yo‘q davralarga yarasharmidim.
Mingta guldastani, shohidan uzib,
Tutgan gulingizga almasharmidim.
O‘ylamang, o‘chmaydi, abadiy yonar,
Ko‘nglimga siz tashlab qo‘ygan cho‘g‘-olov.
Garchi atrof to‘la do‘stim, yoronim,
Sizning o‘rningizni bosolmas birov.
O‘ylamang, hislari o‘tkinchi, havas
Yuragimda borin ko‘rib bo‘lsaydi.
To so‘nggi ongacha ilhom bag‘ishlab,
Nafasim tinganda, she’rim to‘xtaydi...
SHAHNOZA RO‘ZIYeVA
Смс Шерлар