
Qaynonaga yoqish shartmi?
- Категории: Ayollarga maslahatlar
- Название: Qaynonaga yoqish shartmi?
- Дата релиза: 17-02-16, 19:13
Qaynonaga yoqish shartmi?
O'zbek oilasi borki, qaynona va kelin
munosabatlari mavjud. Ba'zi oilalarda bu
munosabatlar a'lo darajada bo'lsa, ba'zi
oilalar ushbu munosabatlar tufayli buzilib
ham ketmoqda.
Qaynonaga kelin o'zi qanday munosabatda
bo'lishi lozim?
Kelin erining ota-onasi bilan birga yoki
alohida turishidan qat'iy nazar, uning qaynona
oldida qator majburiyatlari mavjud. Masalan,
Qaynonani kelin hurmat qilishi shart;
Qaynonaga shirin so'z bo'lish muhim!
Qaynonani xizmatini qilish kerak;
Qaynonaga choy tayyorlash lozim;
Qaynonaga gap qaytarmaslik kerak;
Qaynonaga qo'pollik ko'rsatmaslik muhim va
hokazolar.
Bundan tashqari barcha oilalarning o'ziga xos
talab va ehtiyojlari bo'lishi mumkin. Ularga
amal qilish kelinning burchidir. Lekin bir
narsani kelin bajarishi shart emas.
U ham bo'lsa qaynonaga yoqish! Kelin
qaynonaga yoqishi kerak emas, muhim ham
emas, shart ham emas! Mana shu oddiy
iborani tushunib yetgan kelin, qaynonasidan
hafa bo'lishni to'xtatadi, qaynonasi qovog'i
uyushganida o'ziga olmaydi, qaynonasi
minnatdor bo'lmaganida asabiylashmaydi.
Kelin avallambor eriga yoqishi kerak. Ertayu-
kech, tunu-kun u eriga yoqimli bo'lishi haqida
o'ylashi kerak. Gapi bilan, ko'rinishi bilan,
qiliqlariyu, ovqati bilan, tili va dili bilan eriga
yoqishi lozim. Bu ayolning eng birlamchi
vazifasidir. Qaynona erining onasi bo'lgani
uchun unga yaxshi munosabatda bo'lishi
lozim, lekin uning mehr-muhabbatini
qozonishi shart emas. Buni harakatini qilish
ham talab etilmaydi.
Qaynona kelinini yoqtirib qolsa, juda yaxshi.
Kelin yoqmayotgan bo'lsa, ming afsus,
muhimi eriga yoqmoqda.
Shu o'rinda muhim jihat shundaki, qaynonaga
yoqmaslik - bu uni hurmat qilmaslik degani
emas. Shu nozik farqni his eta olish kerak.
Ya'ni kelin o'z kelinlik vazifalarini qo'lidan
kelganicha bajaradi, lekin natijada qaynonasi
uni yoqtirib qolishini umid qilmasligi zarur.
Mana shunda gina, alam, janjal va qovoq
uyishlarga joy qolmaydi. Kelin kelinlik
vazifasini bajaradi, qaynona qaynonalik
vazifani. Muhabbat, yoqtirish, ranjish kabi
tuyg'ular esa bu munosabatlarga
aralashmaydi.
Bir tomonda kelin:"Oyijonimga nima qilsam
ham yoqmayman," deb yig'lashlariga yakun
yasaladi. Chunki u ish qilayotgan bo'lsa,
qaynonasiga yoqish uchun emas, kelinlik
vazifasini bajarish uchun qilayotganini anglay
oladi.
Ikkinchi tomondan qaynona o'g'liga:
"Xotiningni hech bir ishi-yu, qilig'i yoqmaydi",
deganida, eri bemalol: "Oyijon, xizmatingizni
qilyaptiku, yoqmaydigan xizmatidan shikoyat
qiling, o'zidan emas","deb ayta oladi.
Afsus, ba'zi kelinlar qaynonasiga yoqish
niyatida, butun yoshlik davrini shunga
ketqazadi. Natijada esa, yoshligi o'tib ketgan
bo'ladi, orada eri va bolalariga na kuchi na
mehri qolgan bo'ladi.
Ertalab soat 5 ta turib, kuni bilan
qaynonasiga yoqish niyatida tinmay ish qilib,
kechasi soat 12 dan so'ng erini oldiga
kirganida, afsus eriga yoqish ham kerakligi
haqida ayol unutib qo'yadi yoki kuchi
qolmaydi.
Kelin xizmatkor emas, u ham shu xonadon
bekalaridan biridir. Qaynona kelinni
yoqtirmayotgan bo'lsa, bu qaynonaning
muammosi, kelinniki emas.
Kelin kelinlik xizmatini qo'lidan kelganicha,
imkoniyatidan kelib chiqqan holda bajarishi
kerak, xolos. Qaynonaga yoqish darajasida
emas.
Ayol qaynonasiga emas, eriga yoqimli bo'lish
uchun qancha harakat qilmasin, arziydi! Bu
uning oilasini saqlanishiga ham yordam
beradi. Qaynonaga yoqish niyatida yurgan
ayol esa, er -xotin munosabatlarini boyitishga
kuchi qolmaydi .
Manba: Uzbaby.uz
Смс Шерлар