
Yuzni parvarish qilish
- Категории: Ayollarga maslahatlar
- Название: Yuzni parvarish qilish
- Дата релиза: 17-02-16, 19:17
Yuzni parvarish qilish
Kishining ko‘rinishi go‘zal, kurkam bo‘lishida
yuz terisining umumiy ahvoli, uning tozaligi,
silliqligi, mayinligi va rang-ro‘yning yaxshiligi
katta rol o‘ynaydi. Terining shunday silliq,
tarang, sog‘lom bo‘lishi uchun yuz terisini
parvarish qilishga alohida ahamiyat berish
kerak. Yuz terisini parvarish qilishga
kirishishdan oldin, terining qandayligini bilib
olish zarur. Terini undagi chiqib tura-digan
yog‘ va nam miqdoriga qarab shartli ravishda
normal teri, yog‘li teri, quruq teri va murakkab
(aralash) teri kabi xillarga bo‘linadi. Ularni
qanday parvarish qilish va nimalarga e’tibor
berish kerak?
Yuz terisini parvarish qilish degan da, terini
toza tutish, oziqlantirish va tashqi zararli
ta’sirlardan himoya qilish tu-shuniladi. Buning
uchun tavsiya etiladigan kosmetik vositalar va
usullarni terining anatomik tuzilishini,
jumladan teri yo‘lla-rini hisobga olib, ularni
to‘g‘ri qo‘llangandagina ijobiy nati-ja beradi.
Terining eng kam cho‘ziladigan yo‘nalishi teri
chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlarning
harakat yo‘nalishlari quyidagi tartibda bo‘ladi:
iyakda — teri chiziqlari iyakning o‘rtasidan
boshlab pastki jag‘ bo‘ylab quloqning
tugmachasiga tomon yo‘naladi; lun-jda —
og‘iz burchagidan quloq teshigiga tomon,
ustki labning o‘rtasidan va burunning yon
yuzasidan quloq suprasining tepa qismiga
tomon; ko‘z atrofida — ko‘zning ichki
burchagidan ustki qovoq bo‘ylab ko‘zning
tashqi burchagiga tomon, so‘ngra (teskari
yo‘nalishda) ko‘zning tashqi burchagidan
pastki qovoq bo‘ylab ko‘zning ichki
burchagiga tomon; peshonada esa peshona
o‘rtasidan chakkalarga tomon, ya’ni qosh
yo‘nalishida ketgan bo‘ladi. Burunda teri
chiziqlari burun qansharidan boshlab burun
ustidan burun uchigacha keladi, burun ustidan
uning yon yuzalariga tushadi.
Yuzga krem surish usulini bilish muhim
ahamiyatga ega. Terini cho‘zib yubormaslik
uchun kremni yuzga bosib-bosib va teri chiziq
lari yo‘nalishida sekin-sekin urib chapimoq
kerak. Yuzga surish oldidan kremni ikki kaft
orasida ishqalab barmoqlarning ichki yuziga
surish, so‘ngra peshonaga, lunj terisiga,
burunga, ustki labga hamda iyakka bosib-
bosib va sekin-sekin urib chapish lozim. Shu
harakatlar vaqtida yuz terisiga butun kaftning
va barmoqlarning tegib o‘tishi to‘g‘ri
hisoblanadi, o‘zingizga ham yoqimli bo‘ladi.
Bu vaqtda panjalar juda bush tushishi kerak.
Ko‘z atrofi-dagi teriga kremni bosib-bosibgina
surish lozim. Iyak terisiga va uning atrofiga
sekin-sekin urib o‘rta chiziqsan quloqlarga
tomon chapib borish tavsiya etiladi.
Normal teri yetarlicha nam va yog‘ ajratib
turadi, toza, silliq, tiniq bo‘ladi, moylangandek
yaltirab turmaydi. Bunday terida yog‘
bezlarining yo‘llari (mayda teshiklar)
bilinmaydi, qora nuq-talar va ajinlar deyarli
bo‘lmaydi.
Normal terini parvarish qilish. Normal teri
quruq va yog‘li terilarga o‘xshab alohida
parvarish talab qilmaydi. Bunday terini suv va
atirsovun bilan yuvish, uxlashdan oldin,
albatta, yuzni pardoz-andoz bo‘yoqlaridan
tozalash, quyosh nuri-ning o‘tkir va uzoq vaqt
ta’sir qilishidan saqlanish, shuningdek
tarkibida yuqori darajadagi spirtli bo‘lgan
suvlardan foyda-langanda ehtiyot bo‘lish
kerak. Haftada bir marta tuxum sarig‘i bilan
o‘simlik moyidan yoki asal bilan tuxum sarig‘i
aralashma-sidan tayyorlangan niqobni yuzga
surtish normal terini parvarish qilish uchun
yetarlidir. Ertalab yuzni sovuq suvga yuvish
tavsiya etiladi, sovuq suv terining tashqi
ta’sirlarga chidam-liligini oshiradi. Normal
terini tozalash maqsadida yuzni haftasiga 1—
2 marta sovunlab yuvish mumkin. «Kattiq»
suvni ichimlik soda yoki tana-kor (bura)
qo‘shib yumshatish kerak. Yuzni qaynagan
suvga yuvgan ma’qul. Suvni
«yumshatish»ning ilojy bo‘lmasa, yuzni yuvib
bo‘lgach unga namligidayoq yupqa qilib
yumshatuvchi krem surish, keyin mayin sochiq
bosib namini quritish tavsiya etiladi, so‘ngra
salgina upa qo‘yiladi. Krem bilan upa
birgalikda himoya qatlami hosil qilib terini
tashqi ta’sirlardan saqlaydi.
Uyquga yotish oldidan ham yuzni parvarish
qilishning gigiyenik ahamiyati bor. Kechqurun
uyquga yotishdan oldin yuzni yuvmasdan
losonlar yoki suyuq kremlar va o‘zingiz
tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan eritmalarning
biridan foydalanib artish lozim. Bunday
eritmalarni bir necha xilini tayyorlash mumkin:
1. Ukrop suvi — 30 g, glitserin — 5g, borat
kislotaning suvdagi 2%li eritmasi — 35 g. 2.
Odekolon yoki spirt — 30 g, gletserin — 5g,
osh sirkasi — 10 g, suv — 35 g. 3. Tanakor
(bura) — 1,5 g, glitserin — 5,5 g, odekolon
yoki spirt — 30 g, suv — 63 g. 4. Achchiqtosh
— 2 g, glitserin — 5 g, suv — 100 g.
Yuzni yuvish o‘rniga bodring damlamasi yoki
limon suviga paxta ho‘llab artish ham
mumkin. Bodring damlamasini tayyorlash
uchun barra bodring olinib, qirg‘ichdan
o‘tkaziladi. So‘ng qirilgan bodring ustiga
baravar miqdorda spirt yoki odekolon quyilib,
ikki hafta sakdanadi. Shundan so‘ng uni ezib
suzgich-dan o‘tkaziladi. Damlama ishlatish
oldidan baravar miqdorda suv qo‘shib
suyultiriladi, so‘ngra 100 g damlamaga 5 g
glitserin qo‘shiladi. Limon suvini tayyorlash
ham oson: yarimta limon-ning suvi siqib
olinib suziladi-da, bir choyqoshiq glitserin va
50 g suv qo‘shiladi.
Yog‘li teri moylangandek yaltirab turadi (yog‘
ko‘p ajralib chiqa-di), dag‘al bo‘ladi, ba’zan
kir ko‘rinadi. Yog‘ bezlari yo‘llarining
kengashidan yog‘ chiqadigan teshiklar juda
bilinib turadi, ularni ko‘pincha qora nuqtalar
berkitib qo‘yadi. Yog‘li teriga ba’zan yallig‘-
langan yirik husnbuzarlar toshadi.
Yog‘li terini parvarish qilish. Yog‘li teri ham
alohida parvarishni talab qiladi. Terining yog‘
bosi-shi yog‘ bezlarining zo‘r berib ishlashi
natijasidir. Uning yog‘li bo‘lishiga nerv
sistemasi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati-
ning buzilishi, meda-ichaklarning surunkali
kasalligi, modda almashinuvining buzilishi
ham sababchidir. Shuning uchun bunday
kishilar me’da-ichak trakti (hazm qilish
a’zolari)ning faoliyatiga befarq qaramasliklari,
sog‘lom va oqilona tarzda turmush
kechirishlari, ochiq havoda imkoni boricha
ko‘proq bo‘lishlari kerak. Yog‘li terini
yaxshilab tozalash, lekin yuzni issiq suvga
kamroq yuvish lozim, chunki issiq suv yog‘
bezlarining faoliyatini kuchaytiradi. Yuzni
issiq suvga haftada bir marta yuvish, so‘ng
ketidan 2—3 marta sovuq suv bilan chayish
lozim. Qolgan kunlari yuzni ertalab sovuq
suvga yuvish tavsiya etiladi; sovuq suv teri
to‘qimalari-ning yashash qobiliyatini oshiradi,
terini chiniqtiradi, yog‘ chiqadigan teshiklarni
toraytirib, yog‘ chiqishini kamaytiradi. Kech
qurun yog‘li terini maxsus losonlar bilan
paxtada artib tozalash tavsiya etiladi. Yuz
terisi yog‘li bo‘lishi bilan birga pust ham
tashlasa, sovuq suvga yuvishdan oldin bunday
terini o‘simlik moyi, qatiq (kefir) yoki maxsus
suyuq krem bilan artish kerak.
Yuz terisini juda mayda qilib tuyilgan osh tuzi
bilan tozalasa ham bo‘ladi; buning uchun ho‘l
paxtani sovunlash va ustiga tuz sepish, keyin
yuz terisining yog‘li joylarini shu paxta bilan
(ortiqcha bos-may, doiraviy harakat qildirib,
teri chiziqlari yo‘nalishida) sovunlash kerak,
sovunli sho‘r ko‘pikni o‘zi quriguncha yuzda
qoldirish, so‘ngra sovuqsuv bilan yuvib
tashlash lozim. Sovunlab yuvgach yuz teri-si
qurishadigan kishilar yuziga namligidayoq
yupqa qilib maxsus krem surishlari zarur.
Terining quruq joylariga esa quruq teri uchun
chiqarilgan kremdan surish kerak.
Yog‘ bezlarining yog‘ chiqadigan teshiklari
juda bilinib tura-digan, yog‘li kishilarga
oqsildan, mevalardan, sabzavotlardan va
xususan badyagadan niqob tortish foydali.
Yuz terisi yog‘li bo‘lgan kishilarga ichini
yurishtirib turish, ko‘proq ho‘l meva,
sabzavot-lar yeyish, sut-qatiq ichish, o‘tkir
ziravorli taomlardan voz kechish, ovqatga
qo‘y va mol yog‘i o‘rniga ko‘proq o‘simlik
yog‘i ishla-tish, shirinliklar (xususan
shokolad, asal va shirin nonlar)ni kamroq
iste’mol qilish, shu bilan bir vaqtda
dorixonalarda sotiladigan polivitaminlardan
(V1, V2, S, RR, R) yeb turish, badan tarbiya va
gimnastika bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.
Kuruts teri yoshlarda ham, o‘rtacha yoshdagi
va yoshi ulg‘aygan kishilarda ham uchraydi.
Yoshlarda va o‘rtacha yoshdagi kishilarda yuz
terisining quruq bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday
teri nozik, yupqa, tiniq bo‘ladi, yog‘ chiqib
turadigan teshiklar bilinmaydi, lekin picha
sezilarli ajinlar (yoshlarda ham) bo‘lishi
mumkin. Maxsus parvarish qilinmasa bunday
teri ba’zan pust tashlaydi, unga issiq va
sovuq, sovun, turli moy (maz)lar hamda ba’zi
bir yumshatuvchi kremlar darhol ta’sir qiladi.
Yosh ulg‘aygach, teridagi yog‘ va nam
miqdori kamayishi natijasida normal, hatto
yog‘li teri ham quruq bo‘lib qoladi.
Quruq terini parvarish qilish. Yog‘ bezlaridan
yog‘ doimo bir xilda chiqib turmaydi; bu
kishining yoshiga, turmu-shi va mehnat
sharoitiga, yeydigan ovqatiga, vitaminlar
kamli-giga, nerv sistemasining, ichki
sekretsiya bezlarining, me’da-ichak
sistemasining faoliyatiga bog‘liq. Yeg‘
yetarlicha chiqmasa teri qurishib qoladi.
Shamol ta’siridan, haroratning keskin o‘zgari-
shidan ham teri quruqlashadi. Yuzning quruq
terisini parvarish qilishda uning quruqligi
nimadanligini hisobga olish lozim. Yuzining
terisi bolaligidanoq quruq bo‘lgan kishilar
krem su-rib yuzining terisini yog‘ bilan
qo‘shimcha ta’minlamoqlari lozim. Organizm
qariyotganligi sababli qurishayotgan terini
qo‘shimcha ravishda yog‘ bilangina emas,
balki nam bilan ham ta’minlab turish kerak.
Shu sababli quruq terini tozalashning muhim
ahami-yati bor. Quruq terili kishilar ertalab
yuzini sovuq suvga (sovun-siz) yuvishdan 3—
5 minut oldin qatiq, o‘simlik moyi yoki suyuq
krem surib yuz terisini yumshatishlari,
yuvinganlaridan keyin esa nam teriga yog‘li
kremlardan birontasini surishlari lozim.
Kremdan keyin yuz ga quruq teri uchun
chiqarilgan upa salgina qo‘yilgani ma’qul.
Kechqurun quruq terini pardoz-andoz suvi
bilan yoki suyuq kremlar yoxud o‘simlik moyi
bilan artib tozalash tavsiya etiladi. Yezda
yuzni bodring losoni bilan artish kerak. Ba’zi
birovlar kechasi yuzga krem surish zararli, uni
barvaqt burishtirib qo‘yadi deyishadi. Krem
mo‘l qilib surilsa va ertalabgacha terida qolib
ketsagina shunday zarar yetkazishi mumkin.
Yoshi ulg‘ayganligi sababli terisi
qurishayotgan kishilarga yumshatuvchi yog‘li
kremni «nam usul»da surishni tavsiya etamiz.
Buning uchun paxtani bir ozgina tuz solingan
suvda ho‘llash, suvini salgina siqish va shu
paxtaga yog‘li krem qo‘yib bosib-bosib va
sekin-asta urib-urib singdirish kerak. Shunda
teri ham yog‘lanadi, ham namlanadi. Quruq
teriga moy qo‘shilgan tuxum sari-g‘idan,
moysut, xamirturushdan va meva-sabzavotdan
niqob tortish foydali.
Murakkab (aralash) teri. Bunday terili kishilar
ko‘p uchraydi. Yuzning turli qismlarida
terining qanday xilda ekanligini aniqlash va
qaysi joyda quruq va yog‘liligiga qarab, unga
moye vositalardan foydalanishga alohida
ahamiyat berish kerak. Masa-lan, kishilarning
burni, peshonasi va iyagi yog‘ning ko‘p ajralib
chiqishi sababli ko‘pincha yaltirab turadi,
aksincha ularning teva-rak-atrofi, jag‘ va lunj
terilari quruq bo‘ladi, ba’zan pust tashlaydi,
burishadi. Shuning uchun bunday terini
parvarish qilishda quruq qismini quruq terini
kabi, yog‘li qismini yog‘li terini kabi parvarish
qilinadi. Bo‘shashgan (salqigan) teri. Bunday
teri rangeiz, yog‘siz bo‘lib, bo‘shashib,
burishib va osilib turadi. Bunday bo‘shashgan
teriga quyidagicha davo qilinadi: tirnoq gulni
qaynatilgan suv bilan barobar miqdorda
qo‘shiladi. Ertalab yuzni yuvish o‘rniga shu
dam-lamaga shimdirilgan paxta bilan artiladi.
Agar tirnoqgul to-pilmasa, bir stakan suvga
bir choyqoshiq mayda tuz solib eritish va
tayyorlangan namakobni paxta yoki sochiq
uchiga shimdirib yuz va bo‘yinga surish kerak.
Keyin yuzni bir oz shapatilash lozim. Agar teri
yupqa, ya’ni nozik bo‘lsa tuz o‘rnida yarim
choyqoshiq taninni bir stakan suvga qo‘shib
yuzga surtiladi, yuz bir oz shapatilanadi, kuni
bilan yuvilmaydi, kechqurun sovuq suv bilan
yuviladi. Shuningdek, ertalab yuzni quyidagi
suyuqliklar bilan artish ham mumkin: Tanakor
eritmasi — 10 g, suv — 70 g, odekolon — 30 g.
Tirnoqgul (kalendula) — bir oshqoshiq, suv —
80 g, odekolon — 20 g.
Shu suyuqliklar bilan artib tozalagach, yuzga
yumshatuvchi krem yoki quyidagi moy
(maz)lardan biri singdiriladi:
Salitsil kislotasi — 3,3 g, cho‘chqa yog‘i — 45
g, vazelin — 30 g, kamfora yog‘i — 3 g.
Cho‘chqa yog‘i — 30 g, mum — 10 g, o‘simlik
moyi — 20 g, natriy salitsilat — 3 g.
Yuz terisi bo‘shashgan taqdirda qishda
limondan, yezda esa bodringdan, pomidordan,
ho‘l mevalardan niqob tortish yaxshi nati-ja
beradi. Bundan tashqari, gimnastika, badan
tarbiya bilan shug‘ul-lanish, ochiq havoda
sayr qilish ham foydali. Bunday kishilar V
vitamini yeb turishlari kerak. Bu choralar
sezilarli natija bermasa yuz terisini massaj
qildirish lozim. Davolash davrida jami 15— 20
marta massaj qilinadi, davolash yiliga ikki
marta o‘tkaziladi.
Manba: uzbaby.uz
Смс Шерлар