Главная » Homilador bo'lmoqchiman » Homiladorlik jarayoni
Homiladorlik jarayoni

Homiladorlik jarayoni

  • Категории: Homilador bo'lmoqchiman
  • Название: Homiladorlik jarayoni
  • Дата релиза: 15-02-16, 21:31
Homiladorlik jarayoni
Urug'lanish kunini aniq bilish juda qiyin. Odatda shifokorlar homiladorlik boshlangan davrni oxirgi hayz kuniga qarab belgilaydilar. Urug'lanish yuzaga kelgandan boshlab homildorlik jarayoni haqida bilib olish foydadan xoli bo'lmaydi. Ovulyatsiya Har oy ayol tuxumdonlarida bir nechta tuxum guruhi follikula deb atalmish kichik xaltada o'sishni boshlaydilar. Tuxumlardan biri follikuladan chiqib ketadi. Bu jarayon ovulyatsiya deb atalib, u odatda keyingi hayz kuniga 2 hafta qolganda sodir bo'ladi. Gormonlar oshishi Tuxum follikuladan chiqgach yorilgan follikula sariq moddaga aylanadi va maxsus gormon ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu gormon bachadon devorlarini qalinlashtirib urug'langan tuxum uchun tayyorlab turadi. Tuxum fallopiya trubasiga borishni boshlaydi Follikuladan chiqqan tuxum fallopiya trubasi tomon harakatlanadi va u yerda 24 soat davomida 1 dona spermatozoidni urug'lanish uchun kutadi. PARVONA.COM saytidan olingan. Ko'pincha bu jarayon hayz kelganidan 2 hafta o'tgach yuzaga keladi. Agar tuxum urug'lanmasa Agar tuxum spermatozoid bilan urug'lanmasa, u nobud bo'ladi. Ayolning gormonal holati esa normallashadi. Bachadon devori qalinlashgan qoplamni tashlaydi va yangi hayz boshlanadi. Urug'lanish Agar bitta spermatozoid fallopiya trubasiga yetib borib, tuxum ichiga kira olsa, u tuxumni urug'lantiradi. Tuxum o'zgaradi va unga boshqa spermatozoid endi kira olmaydi. Aynan shu damda bo'lajak bolaning jinsi va genlariga asos solinadi. Agar spermatozoid Y xromosomga ega bo'lsa, o'g'il, agar X xromosomaga ega bo'lsa, qiz tug'iladi. Implantasiya Urug'langan tuxum fallopiya trubasida 3-4 kun davomida turib o'ta yuqori tezlikda ko'plab hujayralarga bo'lina boshlaydi. Bachadon tomon harakatlanish jarayoni boshlanadi va bunda ham bo'linish davom etadi. Urug'langan tuxumning keyingi vazifasi bachadon devori qatlamiga joylashish, ya'ni implantatsiya. Ba'zi ayollarda aynan implantasiya jarayonida qindan 1-2 tomchi qon chiqishi kuzatilishi mumkin. Endi ayol organizmida HCHG - human chorionic gonadropin gormoni paydo bo'ladi. Uni homilaning bo'lajak yo'ldoshi hujayralari ishlab chiqaradi. Aynan shu gormon homiladorlik testi qilinganda aniqlanadi. Test natijasi aniq bo'lishi uchun ovulyatsiyadan so'ng kamida 3 hafta o'tishi talab etiladi. Uch-to'rt hafta ichida tuxum ko'plab hujayralarga bo'linib, homilaning ilk asab hujayralari shakllanadi. Homiladorlik davri Homiladorlik davri uch trimestrga yoki 3 oylik 3 davrga bo'linadi. Buning sababi har bir davr ayol va homila organizmida ma'lum bir o'zgarishlarni taqazo etishidir. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: