Главная » Homilador bo'lmoqchiman » Homiladorlikka tayyorlanish
Homiladorlikka tayyorlanish

Homiladorlikka tayyorlanish

  • Категории: Homilador bo'lmoqchiman
  • Название: Homiladorlikka tayyorlanish
  • Дата релиза: 15-02-16, 21:30
Homiladorlikka tayyorlanish
Homiladorlik davrida bolaning rivojlanishi jaddal ravishda davom etishi tufayli bu davr o'ta muhim hisoblanadi. Shuning uchun homiladorlik davri yaxshi kechib, bolaning salomatligiga zarar yetkazmaslik uchun ba'zi maslahatlarga amal qilish foydadan xoli bo'lmaydi. 1. Ginekolog huzurida muntazam ravishda bo'lish. Ba'zilar homiladorlikning ilk oylarida shifokorga bormay yuradilar. Bu noto'g'ri, chunki aynan ilk davr(1- trimestr)da bolaning deyarli barcha tana a'zolari shakllanishni boshlaydi, bunda onaning salomatligi, xususan gormonal holati muhim o'rin egallaydi. Shuning uchun homiladorlik aniqlangach, ginekolog huzurida kerakli analizlar topshirib tekshiruvlardan o'tish lozim. 2. Toza havo bilan nafas olish. Sigaret va yong'in tutuni homilador ayol organizmi uchun va o'sayotgan homila salomatligi uchun xavflidir. Saboq.Org saytidan olingan.Aylanish uchun imkon boricha park, o'rmon va mashina kam bo'lgan boshqa joylarni tanlash tavsiya etiladi. 3. Suvsizlanmaslik. Homilador ayol keraklikcha suyuqlik iste'mol qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mineral yoki filtrlangan suv, ko'k choy va qaynagan sovutilgan suvni kun mobaynida ichish kerakligi haqida unutmaslik kerak. Shirali va gazlangan ichimliklardan homiladorlik davrida voz kechgan ma'qul. 4. To'g'ri va foydali ovqatlanish . Kalsiy, temir va foliya kislotasiga boy mahsulotardan ko'proq iste'mol qilish. Bug'doy va danaklarning ham foydasi katta. Go'shtdagi yog'larni iste'mol qilmaslik kerak. 5. Toksin(zahar)lardan xoli bo'lish. Uy tozalash vositalari, poroshok, chivin va hashoratlarga qarshi vositalar toksinlarga boy bo'ladi. Zaytun yog'i teriga yetmaydigan namlikni berish qobiliyatiga ega. Undan namlatish kremi vositasi sifatida foydalanish mumkin.Imkon boricha ularning o'rniga zararsiz vositalardan (masalan, soda) foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bo'yoqlar, o'gitlar va o'simliklar dorivorlari homilador ayol va homila salomatligiga zarar keltirishi mumkin. Undan tashqari ba'zi kosmetika vositalari ham kuchli kimyoviy moddalardan tashkil topgan bo'ladi. Masalan, soch bo'yoqlarining homilaga zarar keltirishi mumkinligi haqida ilmiy tadqiqotlar mavjud. Shuning uchun homilador kimyoviy vositalardan foydalanayotganda nihoyatda ehtiyot bo'lishi yoki umuman foydalanmasligi tavsiya etiladi. Ularning o'rniga tabiiy vositalarni qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: